Ichan-qal’a muzeyi qanday madaniy ashyolar bilan boyidi – video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Ashyolar orasida Ortiq Otajonovning harf teruvchi mashinkasi va musiqa asboblari bor.
“Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasiga “Milliy merosga mening hissam” umumxalq aksiyasi doirasida 2023-yilning o‘tgan davri mobaynida muzey fondiga jami 214 dona muzey ashyo qabul qilingan.
Ulardan 166 donasi muzey-qo‘riqxonaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga xarid qilingan. Qolgan 48 donasini esa fuqarolar beg‘araz topshirgan.
Ashyolar orasida Ortiq Otajonovning harf teruvchi mashinkasi va musiqa asboblari bor. Qadimiy yog‘och stol va stullar, sandiq, mis qumg‘on, samovar hamda XIX asr oxiriga oid chinni buyumlar ham beg‘araz taqdim etilgan.
Bundan tashqari, muzey Navoiy, Rumiy, Fuzuliy, So‘fi Olloyor, Sheroziy qo‘lozmalari bilan boyigan.
Batafsil - Sputnik videosida.
Yangiliklar lentasi
0