Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda oziq-ovqat bilan ta’minlanganlik darajasi — 93%

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Mediabankka o‘tishG‘alla o‘rib olish — Rossiya, Krasnodar o‘lkasi
G‘alla o‘rib olish — Rossiya, Krasnodar o‘lkasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2023
Obuna bo‘lish
YeOII agrosanoati organik mahsulotlar magazinlarda paydo bo‘lish va YeOII standartlarini boshqa davlatlar tomonidan tan olinishi ustida ishlamoqda.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) o‘zini o‘zi oziq-ovqat bilan ta’minlash darajasi 93 foizni tashkil etadi, dedi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) qishloq xo‘jaligi siyosati departamenti direktori Armen Arutunyan Samarqandda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo Verona forumi doirasida.

“Biz o‘zimizni yetarli mahsulot bilan ta’minlaymiz. Ya’ni, bizda o‘z-o‘zini ta’minlash darajasi allaqachon yuqori. Shuningdek, biz erkin savdo zonalarini tuzish orqali yangi imkoniyatlar yaratmoqdamiz. Eron bilan vaqtinchalik erkin savdo zonamiz bor va menimcha, shu hafta erkin savdo hududi bo‘yicha yakuniy hujjat imzolanadi. Xuddi shu zona Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari va Vyetnam o‘rtasida ham yaratilgan. Bu mamlakatlar uchun, bizning bozorda o‘z o‘rnini topish uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega, lekin biz hamma bilan hamkorlik uchun ochiqmiz”, — dedi Arutunyan.

Qishloq xo‘jalik deparatamenti direktori so‘zlariga ko‘ra, YeOII bozorlarida mahalliy mahsulotlar ulushi tobora ortib bormoqda va shu bilan birga organik qishloq xo‘jalik mahsulotlari magazinlarda paydo bo‘lishi uchun sharoit yaratilmoqda. Arutunyan YeOII organik mahsulotlar eksporti uchun ham sharoit yaratayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Organik mahsulotlarimiz boshqa davlatlar tomonidan ham tan olinishidan manfaatdor ekanligimizdan kelib chiqib, ilg‘or xalqaro tajriba asosida qonun hujjatlarini tayyorladik", – dedi Arutunyan.
Arutunyan aytishiga ko‘ra, YeOII davlatlari orasida agrosanoat sohasida 2012-2018 yillarda o‘zaro savdo hajmi 2 baravar oshgan, yangi qo‘shma korxonalar tashkil etilgan. Va shu bilan birga yaqinda YeOIIda uch va undan ortiq davlatlar ishtirokida tashkil etilgan qo‘shma korxonalarni moliyalashtirish uchun maxsus mexanizmlar ham yaratilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0