https://oz.sputniknews.uz/20231107/chet-el-fuqarolari-ozbekiston-taklif-40773454.html
Chet el fuqarolarini O‘zbekistonga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi
Chet el fuqarolarini O‘zbekistonga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi
Sputnik O‘zbekiston
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.Qarorga ko‘ra, davlat xizmati ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga (vakolatli organ) bevosita murojaat etish yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali vakolatli organ tomonidan ko‘rsatiladi.
2023-11-07T19:44+0500
2023-11-07T19:44+0500
2023-11-07T19:44+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1c/15887219_0:320:3073:2048_1920x0_80_0_0_790fadfbac4d3c7d457684ebb5abf857.jpg
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Hukumatning 6-noyabrdagi qarori bilan Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.Qarorga ko‘ra, davlat xizmati ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga (vakolatli organ) bevosita murojaat etish yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali vakolatli organ tomonidan ko‘rsatiladi.Buning uchun ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan manzilidan qat’i nazar, istalgan vakolatli organga o‘zi kelib yoki YaIDXP orqali murojaat etadi.So‘rovnoma to‘ldirilib, tegishli hujjatlar ilova qilinadi.Vakolatli organ tomonidan so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi 2 ish kuni ichida tekshiriladi.Ariza beruvchi davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHMning 5 foizi miqdorida davlat boji to‘laydi.So‘rovnomasi qaytarilgan ariza beruvchi tegishli kamchiliklarni bartaraf etgandan so‘ng vakolatli organga 5 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda qayta murojaat qilishga haqli.Bunda undan qo‘shimcha yig‘im undirilmaydi.Ma’lumotlar tekshirilgach, so‘rovnoma Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasiga (maxsus vakolatli organ) yuboriladi.Maxsus vakolatli organ 7 ish kuni ichida chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni O‘zbekistonga taklif qilinishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida fikrini bildiradi.Shunga ko‘ra, vakolatli organ tomonidan 1 ish kunida QR-kod (martik shtrixli kod) qo‘yilgan taklifnoma rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchiga taqdim etiladi.Taklifnoma berilgan kundan boshlab 3 oy davomida amal qiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1c/15887219_135:0:2866:2048_1920x0_80_0_0_a551db94838eaa1278951488fa016c92.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
chet el fuqarolari o‘zbekiston taklif qilish davlat xizmati
chet el fuqarolari o‘zbekiston taklif qilish davlat xizmati
Chet el fuqarolarini O‘zbekistonga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi
Buning uchun ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan manzilidan qat’i nazar, istalgan vakolatli organga o‘zi kelib yoki YaIDXP orqali murojaat etadi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Hukumatning 6-noyabrdagi qarori bilan Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti
tasdiqlandi. Qarorga ko‘ra, davlat xizmati ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga (vakolatli organ) bevosita murojaat etish yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali vakolatli organ tomonidan ko‘rsatiladi.
Buning uchun ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan manzilidan qat’i nazar, istalgan vakolatli organga o‘zi kelib yoki YaIDXP orqali murojaat etadi.
So‘rovnoma to‘ldirilib, tegishli hujjatlar ilova qilinadi.
Vakolatli organ tomonidan so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi 2 ish kuni ichida tekshiriladi.
Ariza beruvchi davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHMning 5 foizi miqdorida davlat boji to‘laydi.
So‘rovnomasi qaytarilgan ariza beruvchi tegishli kamchiliklarni bartaraf etgandan so‘ng vakolatli organga 5 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda qayta murojaat qilishga haqli.
Bunda undan qo‘shimcha yig‘im undirilmaydi.
Ma’lumotlar tekshirilgach, so‘rovnoma Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasiga (maxsus vakolatli organ) yuboriladi.
Maxsus vakolatli organ 7 ish kuni ichida chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni O‘zbekistonga taklif qilinishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida fikrini bildiradi.
Shunga ko‘ra, vakolatli organ tomonidan 1 ish kunida QR-kod (martik shtrixli kod) qo‘yilgan taklifnoma rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchiga taqdim etiladi.
Taklifnoma berilgan kundan boshlab 3 oy davomida amal qiladi.