Bugun ayrim tumanlarda "svet" bo‘lmaydi — manzillar

© unsplash/Sixteen Miles OutLampochka. Illyustrativnoe foto
Lampochka. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentning Olmazor, Chilonzor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
TOShKENT, 07 noya — Sputnik. Bugun Toshkentning Olmazor, Chilonzor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqida "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Olmazor tumani: "Istiqbol" MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 15:00 gacha;
Chilonzor tumani: "Zarqo‘rg‘on" MFYning ayrim hududlarida 09:00 dan 17:00 gacha
Yunusobod tumani: "Billur" MFYning ayrim hududlarida 09:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0