“Zapravka”lardan 6,1 mln litr sifatsiz neft mahsulotlari topildi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovAYoQSh
AYoQSh - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2023
Obuna bo‘lish
Oktabr oyida sifatsizligi aniqlangan 6 mln 105 ming litr neft mahsulotlarining sotuvga chiqarilishini oldi olindi.
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. “Zapravka”lardan 6,1 mln litr sifatsiz neft mahsulotlari topildi, deya xabar berdi Energetika vazirligi.
Qayd etilishicha, oktabr oyida sifatsizligi aniqlangan 6 mln 105 ming litr neft mahsulotlarining sotuvga chiqarilishini oldi olindi.
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”ning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari bo‘yicha sifat nazorati tadbirlari olib borildi.
“ 91 holatda ayrim AYoQShlarda 6 mln 105 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishining oldi olindi”, — deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, inspeksiya tomonidan aniqlangan kamchiliklar tezda bartaraf etilishi bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsamalar berilgan. Ularning bajarilishi nazoratga olingan.
Yangiliklar lentasi
0