Suvga sakrash: O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqada oltin medalga ega chiqdi

© NOKSuvga sakrash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lishdi
Suvga sakrash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2023
Obuna bo‘lish
Kuala-Lumpur shahrida suvga sakrash bo‘yicha “1st Malaysia Open Diving Championships 2023” musobaqasi o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Suvga sakrash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida suvga sakrash bo‘yicha “1st Malaysia Open Diving Championships 2023” musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari oltin medalni qo‘lga kiritdi.
“Erkaklar o‘rtasida 3 metrli tramplindan sakrash dasturida Vacheslav Kachanov va Igor Malinlar eng yuqori ballni jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi”, — deyiladi xabarda.
Ikkinchi o‘rin Indoneziya vakillariga nasib etgan bo‘lsa, mezbonlar kuchli uchlikni yakunlab berishdi.
Yangiliklar lentasi
0