O‘zbekistonlik sablyachi qizlar Jahon kubogida navbatdagi oltin medallarga sazovor bo‘lishdi
© NOKO‘zbekistonlik sablyachi qizlar Jahon kubogida navbatdagi oltin medallarga sazovor bo‘lishdi
© NOK
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston jamoasi final bellashuvida Bolgariya jamoasini 45:30 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik sablyachi qizlar Bahraynda o‘tgan Jahon kubogida oltin medallarga sazovor bo‘lishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Bahraynning Manama shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakunlandi. Qizlar o‘rtasida kechgan bellashuvlar O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.
© NOKO‘zbekistonlik sablyachi qizlar Jahon kubogida navbatdagi oltin medallarga sazovor bo‘lishdi
O‘zbekistonlik sablyachi qizlar Jahon kubogida navbatdagi oltin medallarga sazovor bo‘lishdi
© NOK
Jamoaviy dasturda ishtirok etgan Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera, Nargiza Jaksibayeva hamda Samira Shokirova kvarteti barcha raqiblarni dog‘da qoldirib, oltin medallarga sazovor bo‘ldi.
© NOKO‘zbekistonlik sablyachi qizlar Jahon kubogida navbatdagi oltin medallarga sazovor bo‘lishdi
O‘zbekistonlik sablyachi qizlar Jahon kubogida navbatdagi oltin medallarga sazovor bo‘lishdi
© NOK
Ular final bellashuvida Bolgariya jamoasini 45:30 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.
Eslatib o‘tamiz, yakkalik yo‘nalishida kechgan bahslarda Gulistan Perdibayeva oltin, Fernanda Errera esa bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.