O‘zbekistonlik olimlar "MDH davlatlarining til siyosati" kongressida ishtirok etadi

© SS0 / Unsplash / Osman Yunus BekcanMinskdagi G‘alaba maydoni
Minskdagi G‘alaba maydoni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2023
Obuna bo‘lish
Minsk shahrida 27-29 noyabr kunlari “MDH davlatlarining til siyosati” xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 06 noya — Sputnik. Noyabr oyi oxirida Minsk shahrida “MDH davlatlarining til siyosati” III Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbek tili va madaniyati sohasida tadqiqot va ish olib borayotgan O‘zbekiston va Rossiya olimlari ishtirok etadi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Moskva davlat lingvistika universiteti qoshidagi O‘zbek tili markazida ma’lum qildi.
Minsk shahrida 27-29 noyabr kunlari “MDH davlatlarining til siyosati” xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi. Tadbir MDHda til holatini uyg‘unlashtirish amaliyotlari mavzusiga bag‘ishlanadi.
Uchrashuv ishtirokchilari Hamdo‘stlikdagi til bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qiladi, ko‘p tilli, ko‘p madaniyatli va ko‘p konfessiyali davlatdagi vaziyatni uyg‘unlashtirish bo‘yicha mavjud amaliyotlar va maqbul yondashuvlar samaradorligini muhokama qiladi.
Kongressda O‘zbekiston nomidan sakkiz kishi qatnashadi. Tadqiqotchilarning bir qismi hozir Rossiyada yashab, o‘zbek madaniyati va tilshunosligi sohasida faoliyat olib bormoqda.
Ular orasida Moskva davlat lingvistika universitetining O‘zbek tili markazi rahbari Begam Qorayeva, "Sinergiya" Moskva moliya-sanoat universiteti o‘qituvchisi, siyosatshunos Azat Primov, Razan “Almaz” o‘zbek milliy-madaniy muxtoriyati rahbari Zulayho Qodirova, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Moskva va Moskva viloyati bo‘yicha koordinatori Davlatjon Tojiboyev, Moskva davlat lingvistika universiteti magistranti Nigora Turebayevalar bor.
Yana uch nafar ishtirokchi O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari vakillari: O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetidan Dilfuza Teshabayeva va Zilola Salisheva hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent o‘zbek tili va adabiyoti universitetidan Nargiza Musulmonova.
Kongressda o‘zbek olimlari O‘zbekistondan kelgan muhojirlar she’riyati, respublika media makonidagi yangi lingvistik voqeliklar, o‘zbek tili va madaniyatini ommalashtirish, turkiy tillarning rus tili salohiyatini oshirishga qo‘shgan hissasi, shuningdek, til o‘rgatish usullari va vositalari haqida so‘z yuritishadi.
Yangiliklar lentasi
0