Noyabr oyi penciya va nafaqa to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi

© SputnikKupuri nomiralom patdesat tisach sumov
Kupuri nomiralom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2023
Obuna bo‘lish
Noyabr oyi penciya va nafaqa to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi.
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. 2023 yil noyabr oyi penciya va nafaqa to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi, deb xabar qildi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi.
Xabarda aytilishicha, joriy yilning noyabr oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 4,5 mln nafar pensiya va nafaqa oluvchilar uchun talab etilgan mablag‘lar 6-noyabr kuniga qadar tijorat banklariga to‘liq moliyalashtirilib berildi.
O‘z navbatida 6-noyabr kuniga qadar pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3,4 mln nafar (yoki jami oluvchilarning 74 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi ta’minlandi.
Yangiliklar lentasi
0