"Jinoyatga aloqador": Eron prezidenti Isroilning ittifoqchilarini qoraladi
"Jinoyatga aloqador": Eron prezidenti Isroilning ittifoqchilarini qoraladi
Sputnik O‘zbekiston
Eron prezidenti Ibrohim Raisi Isroilni qo‘llab-quvvatlayotgan barcha davlatlarni falastinliklarga qarshi sodir etilgan jinoyatlarga aloqadorlikda aybladi.
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Isroilni qo‘llab-quvvatlayotgan barcha davlatlarni falastinliklarga qarshi sodir etilgan jinoyatlarga aloqadorlikda aybladi. Eron rahbari Iroq bosh vaziri Muhammad as-Sudaniy bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumani chog‘ida har ikki davlat ham G‘azo sektori aholisini bombardimon qilishni imkon qadar tezroq to‘xtatish va o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya etilishini ta’minlash zarur deb bilishini aytdi."Amerika qurollari va AQSh razvedka xizmatlarining Isroilga yordami Tel-Avivni g‘azoliklarni o‘ldirishda jasoratliroq qiladi. Biz Isroilning barcha tarafdorlari Falastin xalqiga qarshi jinoyatga aloqador deb hisoblaymiz", — deya Raisiy so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Raisiy: Isroilning barcha ittifoqchilari falastinliklarga qarshi jinoyatlarga aloqador.
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Isroilni qo‘llab-quvvatlayotgan barcha davlatlarni falastinliklarga qarshi sodir etilgan jinoyatlarga aloqadorlikda aybladi.
Eron rahbari Iroq bosh vaziri Muhammad as-Sudaniy bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumani chog‘ida har ikki davlat ham G‘azo sektori aholisini bombardimon qilishni imkon qadar tezroq to‘xtatish va o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya etilishini ta’minlash zarur deb bilishini aytdi.
"Amerika qurollari va AQSh razvedka xizmatlarining Isroilga yordami Tel-Avivni g‘azoliklarni o‘ldirishda jasoratliroq qiladi. Biz Isroilning barcha tarafdorlari Falastin xalqiga qarshi jinoyatga aloqador deb hisoblaymiz", — deya Raisiy so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Isroil-Falastin mojarosi
Ma’lumot uchun, 2023-yil 7-oktabr kuni Falastinning HAMAS harakatining harbiy qanoti Isroil hududiga ommaviy raketa zarbasi berdi va chegaraga yaqin hududlarga bostirib kirdi. Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari "G‘azo" sektoriga raketa zarbalari berdi va bombardiman qildi. Shuningdek, Isroil G‘azo sektorini to‘liq blokadaga oldi: suv, oziq-ovqat, elektr energiyasi, dori-darmon va yoqilg‘i yetkazib berish to‘xtatildi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda G‘azo sektorida qurbonlar soni 10 ming kishidan oshgan.
Rossiya ikkala tomondan ham harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi. Prezident Vladimir Putin Falastin-Isroil mojarosini faqat BMT Xavfsizlik Kengashining 1947-yildagi rezolyutsiyasini bajarish orqali hal qilish mumkinligini ta’kidlagan. Ya’ni poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini yaratish orqali.