Xalqaro aeroportni Bobur ko‘chasi bilan bog‘lovchi ko‘prik vaqtincha yopildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishYo‘l belgisi
Yo‘l belgisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2023
Obuna bo‘lish
Ko‘prik 5-noyabrga qadar transport vositalari harakati uchun yopildi.
TOShKENT, 05 noya — Sputnik. Xalqaro aeroportni Bobur ko‘chasi bilan bog‘lovchi ko‘prik vaqtincha yopildi, deya xabar berdi poytaxt hokimligi.
Xalqaro aeroportni Bobur ko‘chasi bilan bog‘lovchi ko‘prik 4-noyabr soat 19:00 dan 5-noyabr soat 09:00 ga qadar transport vositalari harakati uchun yopildi.
Xabarda reyslarga kechikmaslik uchun yo‘lovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish va aeroportga odatdagidan oldinroq jo‘nab ketish tavsiya etilgan.
Toshkent aeroportida kutib olish hududi ochildi — foto
Eslatib o‘tamiz, avvalroq poytaxt aeroportiga olib boradigan yo‘llar va yo‘l o‘tkazgichlarida qurilish va ta’mirlash ishlari davom etayotgani munosabati bilan "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Toshkent xalqaro aeroportidan uchib ketadigan yo‘lovchilardan kechikmaslikni so‘ragan edi.
Yangiliklar lentasi
0