https://oz.sputniknews.uz/20231105/qilichbozlar-jahon-kubogi-oltin-bronza-medallari-40702896.html
O‘zbekistonlik qilichbozlar Jahon kubogida oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi
O‘zbekistonlik qilichbozlar Jahon kubogida oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi
Sputnik O‘zbekiston
Dunyoning turli mamlakatlarida qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichidan o‘rin olgan musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.
2023-11-05T11:58+0500
2023-11-05T11:58+0500
2023-11-05T11:58+0500
sport
qilichbozlik
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/05/40702725_0:158:702:552_1920x0_80_0_0_2942180f89daa6e52d4c0778110f0b5f.jpg
TOShKENT, 05 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Jahon kubogida oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.Ayni kunlarda dunyoning turli mamlakatlarida qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichidan o‘rin olgan musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.Yosh qilichbozlarning Jahon kubogi bosqichlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda. Bu gal sablyachi qizlar yuksak mahorat ko‘rsatib, oltin va bronza medallarga ega chiqishdi.Ushbu yo‘nalishdagi bahslarga Bahraynning Manama shahri mezbonlik qildi. Shuningdek, Osiyo o‘yinlarining kashfiyotlaridan yana biri Fernanda Errera bronza medali sohibiga aylandi. Bugun qizlar jamoaviy dasturda ham chempionlik uchun jang qilishadi.Shuningdek, Eron poytaxti Tehron shahri sablya bo‘yicha yigitlar o‘rtasidagi bellashuvlarni qabul qilmoqda. Mazkur musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Islombek Abdazov oltin medalni qo‘lga kiritdi. U murosasiz kechgan final jangida quvaytlik Muhammad Abdulkarim ustidan 15:6 hisobida g‘alaba qozondi.El-Salvador mamlakati shpaga qurolida kechayotgan bellashuvlarga mezbonlik qilyamoqda. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari birinchi kunda 1 tadan oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Qizlar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari sovrindori Dilnaz Murzatayeva barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bibimaram Saparova esa bronza medali bilan taqdirlandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/05/40702725_0:92:702:618_1920x0_80_0_0_e6d008b8e2f8986207d39af75c9cdbdd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston qilichbozlar jahon kubogi
o‘zbekiston qilichbozlar jahon kubogi
O‘zbekistonlik qilichbozlar Jahon kubogida oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi
Dunyoning turli mamlakatlarida qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichidan o‘rin olgan musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 05 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Jahon kubogida oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi, deya xabar berdi
Milliy olimpiya qo‘mitasi. Ayni kunlarda dunyoning turli mamlakatlarida qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichidan o‘rin olgan musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.
Yosh qilichbozlarning Jahon kubogi bosqichlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda. Bu gal sablyachi qizlar yuksak mahorat ko‘rsatib, oltin va bronza medallarga ega chiqishdi.
Ushbu yo‘nalishdagi bahslarga Bahraynning Manama shahri mezbonlik qildi.
"Musobaqada Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari g‘olibi Gulistan Perdibayeva barcha raqiblarini ishonchli hisoblarda mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Osiyo o‘yinlarining kashfiyotlaridan yana biri Fernanda Errera bronza medali sohibiga aylandi. Bugun qizlar jamoaviy dasturda ham chempionlik uchun jang qilishadi.
Shuningdek, Eron poytaxti Tehron shahri sablya bo‘yicha yigitlar o‘rtasidagi bellashuvlarni qabul qilmoqda. Mazkur musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Islombek Abdazov oltin medalni qo‘lga kiritdi. U murosasiz kechgan final jangida quvaytlik Muhammad Abdulkarim ustidan 15:6 hisobida g‘alaba qozondi.
El-Salvador mamlakati shpaga qurolida kechayotgan bellashuvlarga mezbonlik qilyamoqda. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari birinchi kunda 1 tadan oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Qizlar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari sovrindori Dilnaz Murzatayeva barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bibimaram Saparova esa bronza medali bilan taqdirlandi.