https://oz.sputniknews.uz/20231105/isroil-vaziri-gazo-yadroviy-zarba-40705224.html
Isroil vaziri G‘azo sektoriga yadroviy zarba berish ehtimoli borligini ma’lum qildi
Isroil vaziri G‘azo sektoriga yadroviy zarba berish ehtimoli borligini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Eliyaxu: G‘azoga atom bombasini tashlash mojarodagi imkoniyatlardan biridir.
2023-11-05T15:10+0500
2023-11-05T15:10+0500
2023-11-05T15:10+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
isroil
falastin
atom bombasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/352/65/3526542_0:0:2838:1596_1920x0_80_0_0_a0746b6f10725bf6607b02d61e3717b3.jpg
TOShKENT, 05 noya — Sputnik. Isroilning Quddus ishlari va merosi vaziri Amixay Eliyaxuning aytishicha, G‘azo sektoriga atom bombasini tashlash mojaroning rivojlanishi uchun "imkoniyatlardan biri", bunga javoban hukumat va isroillik siyosatchilar bunday bayonotni qoralagan. Bu haqda RIA Novosti Times of Israel nashriga tayanib xabar berdi.Kol Berama radiostansiyasiga bergan intervusida anklavga atom bombasini tashlash kerakmi, degan savolga meros vaziri Amixay Eliyaxu “bu imkoniyatlardan biri”, deb javob berdi, deb yozadi nashr.Bundan tashqari, siyosatchi G‘azoga har qanday insonparvarlik yordamining qabul qilinishiga rozi emasligini aytib, Isroil "natsistlar"ga insonparvarlik yordamini o‘tkazmasligini va "G‘azoda ishtirok etmagan tinch aholi degan narsa yo‘qligini" aytdi.Nashrning yozishicha, keyinroq X ijtimoiy tarmog‘ida Eliyaxu o‘z so‘zlarini rad etishga urinib, atom bombasi haqidagi mulohaza metafora ekanligi har qanday aqli raso odamga ayon ekanligini yozgan.Isroil Bosh Vazirlik idorasi ijtimoiy tarmoq orqali Eliyaxuning so‘zlari "haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi" va Isroil va SAXAL begunoh odamlarga zarar yetkazmaslik uchun xalqaro qonunlarga muvofiq harakat qilayotganini bildirdi.Bundan tashqari, Isroil muxolifati yetakchisi Yair Lapid vazirning bayonotlarini tanqid qilib, Netanyaxu bugun Eliyaxuni ishdan bo‘shatish kerakligini aytdi.
falastin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/352/65/3526542_282:0:2577:1721_1920x0_80_0_0_c5364c588347f67429cdd746d4dcca14.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
eliyaxu g‘azoga atom bombasi isroil vaziri
eliyaxu g‘azoga atom bombasi isroil vaziri
Isroil vaziri G‘azo sektoriga yadroviy zarba berish ehtimoli borligini ma’lum qildi
Eliyaxu: G‘azoga atom bombasini tashlash mojarodagi imkoniyatlardan biridir.
TOShKENT, 05 noya — Sputnik. Isroilning Quddus ishlari va merosi vaziri Amixay Eliyaxuning aytishicha, G‘azo sektoriga atom bombasini tashlash mojaroning rivojlanishi uchun "imkoniyatlardan biri", bunga javoban hukumat va isroillik siyosatchilar bunday bayonotni qoralagan. Bu haqda
RIA Novosti Times of Israel nashriga tayanib xabar berdi.
Kol Berama radiostansiyasiga bergan intervusida anklavga atom bombasini tashlash kerakmi, degan savolga meros vaziri Amixay Eliyaxu “bu imkoniyatlardan biri”, deb javob berdi, deb yozadi nashr.
Bundan tashqari, siyosatchi G‘azoga har qanday insonparvarlik yordamining qabul qilinishiga rozi emasligini aytib, Isroil "natsistlar"ga insonparvarlik yordamini o‘tkazmasligini va "G‘azoda ishtirok etmagan tinch aholi degan narsa yo‘qligini" aytdi.
Nashrning yozishicha, keyinroq X ijtimoiy tarmog‘ida Eliyaxu o‘z so‘zlarini rad etishga urinib, atom bombasi haqidagi mulohaza metafora ekanligi har qanday aqli raso odamga ayon ekanligini yozgan.
Isroil Bosh Vazirlik idorasi ijtimoiy tarmoq orqali Eliyaxuning so‘zlari "haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi" va Isroil va SAXAL begunoh odamlarga zarar yetkazmaslik uchun xalqaro qonunlarga muvofiq harakat qilayotganini bildirdi.
Bundan tashqari, Isroil muxolifati yetakchisi Yair Lapid vazirning bayonotlarini tanqid qilib, Netanyaxu bugun Eliyaxuni ishdan bo‘shatish kerakligini aytdi.