Erdog‘an O‘zbekistonga kelishini ma’lum qildi

© AP Photo / Ali UnalPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan obrashayetsya k storonnikam v prezidentskom dvorse v Ankare, Tursiya, v voskresenye, 28-maya 2023 goda.
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan obrashayetsya k storonnikam v prezidentskom dvorse v Ankare, Tursiya, v voskresenye, 28-maya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2023
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti keyingi hafta O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 05 noya — Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an kelasi hafta O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Islom hamkorlik tashkilotining sammiti shu oyda Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi. Biz ushbu sammitda qatnashamiz. Keyingi hafta biz O‘zbekistonga ham tashrif buyuramiz. Bu eng muhim vaqtda juda muhim tashriflar”, — dedi Erdog‘an jurnalistlarga.

Bundan tashqari, Ibrohim Raisi oy oxirida Turkiyaga keladi. Muzokaralar mavzularidan biri Falastin-Isroil mojaro hududidagi vaziyat bo‘ladi, dedi u.
“Isroil qonunbuzarligini jilovlay olmagan xalqaro hamjamiyat, birinchi navbatda, o‘z tamoyillarini mensimaydi. Falastinliklarning ommaviy o‘ldirilishiga e’tibor bermaslikning o‘zi yetarli emasdek, ular Isroilni quchoqlab olish va uni yana ham ko‘proq bolalarni o‘ldirishga undash uchun kurashmoqda. Ular vijdonini qamab olgan qamoqxonalar ertaga ular uchun uyat devorlariga aylanadi. Oldinlari rozi bo‘lgan qirg‘inlar esga tushganda, bo‘ynini bukadigan G‘arb davlatlari, G‘azo qirg‘inidagi xatti-harakatlari sharmandaligi bilan eziladi", — dedi u.
Yangiliklar lentasi
0