Qishloq xo‘jaligi vaziri FAO bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

© Ministerstvo selskogo xozaystvaQishloq xo‘jaligi vaziri FAO bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Qishloq xo‘jaligi vaziri FAO bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va FAO o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati muhokama qilindi.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Kecha, 3-noyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning Markaziy Osiyodagi rahbari Viorel Gutsu bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
3-4 noyabr kunlari Samarqand shahri “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazi XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumiga mezbonlik qilmoqda.
Uchrashuv forum doirasida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston va FAO o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati muhokama qilindi. So‘nggi yillardagi siyosiy va texnik darajadagi hamkorlik masalalariga to‘xtab o‘tildi.
Bundan tashqari, sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyada muhokama qilingan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi amaliy qadamlar belgilab olindi.
Shuningdek, Afg‘onistonda qishloq xo‘jaligini ravnaq toptirish hamda rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish masalalari ham muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0