O‘zbekiston 9 oyda 178,2 mln dollarlik mobil telefon import qildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishTelefon
Telefon  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2023
Obuna bo‘lish
Mobil telefonlar importi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 398 361 taga oshgan.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida xorijdan qiymati 178,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 2,6 mln dona barcha turdagi mobil telefonlardan import qilgan. Bu haqda Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlari darak bermoqda.
Mobil telefonlar importi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 398 361 taga oshgan.
O‘zbekiston 2023-yilning 9 oyida eng ko‘p mobil telefonlarni Xitoydan (2,3 mln dona) import qilgan.
Shuningdek, Vyetnamdan 223,1 ming dona, Hindistondan 32,5 ming dona, BAAdan 7,7 ming dona, Qozog‘istondan 2,5 ming dona mobil telefon import qilingan.
Yangiliklar lentasi
0