Bugun poytaxtning 2 tumanida “svet” qisman o‘chirildi

Lampa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2023
Obuna bo‘lish
Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi soat 05:00 dan 18:00 ga qadar o‘chirildi.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Bugun, 4-noyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi soat 05:00 dan 18:00 ga qadar o‘chirildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahrining Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/10 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli “Yunusobod” podstansiyasidagi mavjud 40 000 kVA bo‘lgan transformator quvvati 63 000 kVA bo‘lgan yuqori kuchlanishli yangi transformatorga almashtiriladi.
Elektr qurilmalarini o‘rnatish ishlari olib borilishi hamda ushbu ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida hududdagi 110/10/6 kVli “Beshqo‘rg‘on” va 110/6 kVli L-DOK-1 va L-DOK-2 DOK, 110/6 kVli “Zenit” podstansiyalari vaqtincha o‘chiriladi.
Olmazor tumanidagi: 21-sonli oilaviy poliklinika, ATS-248, Ruhiy kasalliklar shifoxonasi, Teri –dermatovenerologiya dispanseri, maktab, tadbirkorlik subyektlari, "Ibrohim ota", "Taraqqiyot" MFY, "Mirpo‘latova" MFY, "Qorasaroy" MFY, "O.Hotamova" MFY, "Hasanboy" MFYlarida hamda Ibragimova, Qorasaroy, Chuqursoy, Shifokorlar shaharchasi, Oxunboboyev mavze va dahalarida joylashgan aholi xonadonlarida elektr energiyasi o‘chirildi.
Yunusobod tumanidagi: 6, 7, 8 va 9-dahalari, "Islomobod", "Tiklanish", "Hasanboy", "Katta Hasanboy", "Registon", "Ittifoq", "Ahrorobod" MFYlarida, "Hasanboy" mavzesida, "Korzinka" savdo kompleksida, tadbirkorlik subyektlari, maktab va kichik tadbirkorlik subyektlarida elektr energiyasi o‘chirildi.
Yangiliklar lentasi
0