https://oz.sputniknews.uz/20231103/urganch-40665466.html
Urganch aeroportida xorijlik qadimiy tangalarni olib chiqib ketishga urindi
Urganch aeroportida xorijlik qadimiy tangalarni olib chiqib ketishga urindi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning 1998-yil 29-avgustdagi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi “Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emas.
2023-11-03T16:40+0500
2023-11-03T16:40+0500
2023-11-03T16:40+0500
jamiyat
o‘zbekiston
urganch
istanbul
aeroport
chet el fuqarolari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/03/40665563_83:0:1244:653_1920x0_80_0_0_e56c16e75486052074b38885a55d5f30.jpg
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Urganch xalqaro aeroportida 50 dona qadimiy, temuriylar davriga oid tangalarni olib ketayotgan chet el fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi. Urganch aeroportidan Urganch-Istanbul reysi orqali uchib ketayotgan chet el fuqarosi R.V. yo‘lovchilarning qo‘l va yuk bagajlari maxsus nazorat rentgen apparatlaridan o‘tayotganda nazoratchilarda shubha uyg‘otgan.Mazkur tangalar temuriylar davriga oid bo‘lib, taxminan XV asrlarda Buxoro va Samarqandda zarb etilgan misdan yasalgan. Gumonlanuvchi og‘zaki so‘rov paytida bu haqida ma’lumot bermagan.Mazkur holat yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.Hozir bu qadimiy tangalar “Xiva Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasiga topshirilgan.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning 1998-yil 29-avgustdagi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi “Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emas.
o‘zbekiston
urganch
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/03/40665563_59:48:778:587_1920x0_80_0_0_41b2cedf5cbe354f91609cc0da3bad9e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“urganch” xalqaro aeroporti tangalar
“urganch” xalqaro aeroporti tangalar
Urganch aeroportida xorijlik qadimiy tangalarni olib chiqib ketishga urindi
Qadimiy tangalar temuriylar davriga oid bo‘lib, taxminan XV asrlarda Buxoro va Samarqandda zarb etilgan misdan yasalgan.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Urganch xalqaro aeroportida 50 dona qadimiy, temuriylar davriga oid tangalarni olib ketayotgan chet el fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi
xabar berdi. Urganch aeroportidan Urganch-Istanbul reysi orqali uchib ketayotgan chet el fuqarosi R.V. yo‘lovchilarning qo‘l va yuk bagajlari maxsus nazorat rentgen apparatlaridan o‘tayotganda nazoratchilarda shubha uyg‘otgan.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, gumonlanuvchiga tegishli bo‘lgan shaxsiy buyumlar solingan qo‘l sumkasi ichida respublika hududidan olib chiqish taqiqlangan 50 dona qadimiy tangalar aniqlangan.
Mazkur tangalar temuriylar davriga oid bo‘lib, taxminan XV asrlarda Buxoro va Samarqandda zarb etilgan misdan yasalgan. Gumonlanuvchi og‘zaki so‘rov paytida bu haqida ma’lumot bermagan.
Mazkur holat yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Hozir bu qadimiy tangalar “Xiva Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasiga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning 1998-yil 29-avgustdagi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi “Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emas.