Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

© Depositphotos.com / adistockKnigi
Knigi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2023
Obuna bo‘lish
Darsliklar 2023-2024 o‘quv yilida umumta’lim maktablari hamda akademik litseylarni bitiruvchi o‘quvchilar va boshqa abituriyentlarning OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu xaqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.
O‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.
Darsliklar 2023-2024 o‘quv yilida umumta’lim maktablari hamda akademik litseylarni bitiruvchi o‘quvchilar va boshqa abituriyentlarning OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.
O‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati bilan https://uzbmb.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0