Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Shoygu 32 ta tank yo‘q qilgan harbiylarni mukofotladi

Obuna bo‘lish
Mudofaa vaziri Shoygu Ukraina qurolli kuchlarining 32 ta tankini yo‘q qilgan harbiylarni mukofotladi
TOShKENT, 3 noya – Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukraina qurolli kuchlarining 32 ta tankini yo‘q qilgan rossiyalik harbiylarga mukofotlarni topshirdi.
“Sizlarning qahramonligingizni nafat Rossiya, balki dunyoning yarmi ham ko‘rdi. Men sizlari ushbu yuksak mukofotlar bilan tabriklayman, mukofotlaringiz oxirgisi bo‘lmasligini tilayman. Va kelgusida qayerda bo‘lsangiz ham, Vatanimizni munosib himoya qilishda davom etishni tilayman”, — dedi mudofaa vaziri.

Mukofotlanganlar kim

Polkovnik Ivan Klesherev Rossiya Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. Moto-o‘qchi polk komandiri qarshi hujumga shaxsan boshchilik qilib, dushmanning 11ta tanki, 10ta BMPsi va 170 dan ortiq harbiy xizmatchini yo‘q qilgan.
“Bu mukofot nafaqat meniki, balki mening bo‘linmaning, butun jamoamning mukofotidir. Biz unga umumiy sa’y-harakatlar bilan erishdik”, — dedi ofitser.
Roman Fedorov ham Rossiya Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi. U o‘rnatgan muhandislik to‘siqlari va o‘t ochish nuqtalari UQKning 20 dan ortiq hujumlarini qaytarishga imkon berdi. Uning harakatlari natijasida Rossiya harbiylari dushmanning 12 ta tanki, 6ta BMPsi, 2ta o‘ziyurar artilleriya moslamasi, 11ta avtomobil va 10ta droni, 230dan ortiq shaxsiy tarkibini yo‘q qildi.
Yuriy Sherbakov — tankga qarshi raketa bo‘limi komandiri. U maxsus operatsiya davomida to‘qqizta tank, to‘rtta zirhli transport vositasi, 12 ta BMP, 4ta yuk mashinasi, o‘q-dorilar bilan jihozlangan ikkita vzvod istehkomlari va yuzdan ortiq askarini yo‘q qildi. U "Oltin yulduz" medalini oldi.
"Men radiodan o‘ng tarafdagi qo‘shniga hujum bo‘lganini eshitdim. Dushman kuchlarini aniqlab o‘t ochdim va ishni oxirigacha yetkazdim. Dushman hujumi butunlay to‘xtatildi", - deb izoh beradi jangchi.
U maxsus operatsiya doirasida xizmatni bajarishda davom etishni va ofitserlik unvonini olishni rejalashtirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0