O‘zbekistonda yashash uchun eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

© unsplash/Sarvar SamigovPanorama Tashkenta s visoti semnadsatogo etaja.
Panorama Tashkenta s visoti semnadsatogo etaja. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2023
Obuna bo‘lish
Ro‘yxatning eng quyi beshtaligidan Bekobod, Xonobod, Yangiyer, Ohangaron hamda Quvasoy shaharlari joy olgan.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti O‘zbekistonda yashash uchun eng qulay shaharlar reytingini tuzdi.
Indeksni shakllantirishda ta’lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, barqarorlik, madaniyat va atrof-muhit yo‘nalishlaridagi jami 27 ta miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichlaridan foydalanilgan.
Reyting aholi soni 40 ming kishidan ortiq bo‘lgan respublikaning 30 ta shahri uchun ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra, poytaxt Toshkent shahri O‘zbekistondagi yashash uchun eng qulay shahar sifatida qayd etilgan. Shahar 100 ballik tizimda 79,1 ballga baholangan.
Reyting gorodov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2023
Reyting
Urganch (76 ball), Buxoro (75,4 ball) Samarqand (70,6 ball) va Navoiy (68,1 ball) shaharlari keyingi o‘rinlarni band etgan.
Ro‘yxatning eng quyi beshtaligidan Bekobod (35,3), Xonobod (35,3), Yangiyer (33,5), Ohangaron (32,9) hamda Quvasoy (26,4) shaharlari joy olgan.
Reyting bo‘yicha yashash qulay top-10 shaharlarning barchasi viloyat markazlari hisoblanib, reytingda ushbu shaharlarga reyting pog‘onalari bo‘yicha eng yaqin Qo‘qon (13-o‘rin), Xiva (14-o‘rin) va Chirchiq (16-o‘rin) kabi nomarkaziy hududiy birliklar joylashdi.
Yo‘nalishlar kesimida yetakchi shaharlar:
Ta’lim hamda tibbiyot: Buxoro, Guliston va Urganch;
Infratuzilma: Urganch, Navoiy va Toshkent;
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik: Toshkent, Urganch va Guliston;
Madaniyat va atrof-muhit: Toshkent, Buxoro va Samarqand.
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik ko‘rsatkichida migratsiya oqimidagi aholi soni, tuzilgan nikohlar va ajrimlar, tadbirkorlar, xizmatlar va chakana savdo aylanmasi inobatga olingan.
Sog‘liqni saqlash ko‘rsatkichi koykalar, tibbiyot xodimlari, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi kabilar bo‘yicha tuzilgan bo‘lsa, ta’lim yo‘nalishi maktabgacha ta’lim qamrovi, o‘quvchi (talaba)lar soni, nodavlat umumiy o‘rta ta’limdan foydalanish imkoniyatlari, OTMga kirishdagi o‘rtacha to‘plangan ballar hisobga olingan.
Madaniyat va atrof-muhit ko‘rsatkichi ifloslantiruvchi moddalar, mehmonxonalardagi o‘rinlar, dam olish maskanlari va sanatoriylar, turoperatorlar, teatr va kinoteatrlar, arxitektura yodgorliklari va diqqatga sazovor joylar soni bo‘yicha tuzilgan.
Infratuzilma ko‘rsatkichida ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta’minlanganlik, temiryo‘l, havo transportidan foydalanish imkoniyati hamda ovqatlanish, savdo obyektlari soni inobatga olingan.
Ta’kidlanishicha, reytingni amaliyotga joriy etish natijasida respublika shaharlarining umumiy holatini bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy monitoring qilib borish imkoni yaratiladi.
Uni takomillashtirish doirasida har bir yo‘nalish bo‘yicha mavjud muammoli sohalar aniqlanib, ularni bartaraf etish hamda kelgusidagi iqtisodiy rivojlanishga to‘siq bo‘luvchi omillarni kamaytirish mumkin
Yangiliklar lentasi
0