O‘zbekiston neft va neft mahsulotlari importini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Mediabankka o‘tishSisterni dlya nefteproduktov
Sisterni dlya nefteproduktov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2023
Obuna bo‘lish
Mamlakat iqtisodiyoti o‘sayotgani bois 2024-yilda neft importi hajmi yana oshishi kutilmoqda.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekiston joriy yilda 1 million tonnadan ziyod neft va neft mahsulotlarini import qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi.
“Biz bu yil 1 million tonnadan ziyod neft va neft mahsulotlarini import qilamiz. O‘tgan yili sal qamroq edi”, - dedi Mirzamahmudov Samarqanddagi XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyoti o‘sayotgani bois 2024-yilda import hajmi yana oshishi kutilmoqda.
Vazir O‘zbekistonda benzin taqchilligi yo‘qligini ta’kidladi. Benzin Rossiyadan hukumatlararo bitimga muvofiq yetkazib berilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Rossiya benzin va dizel yoqilg‘isi eksportini taqiqladi. Biroq bu taqiq YeOII mamlakatlari va hukumatlararo tuzilgan bitimlarga taalluqli emas.
Pokazatel davleniya gazoxranilisha. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2023
O‘zbekiston Rossiyadan qancha gaz olishga ulgurdi
Yangiliklar lentasi
0