Mirziyoyev Qozog‘istonga yetib bordi — foto
07:20 03.11.2023 (yangilandi: 07:22 03.11.2023)
Aeroportda davlat rahbarini Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov kutib oldi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 2-noyabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ostona shahrigayetib bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Aeroportda davlat rahbarini Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov kutib oldi.
Bugun Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.