https://oz.sputniknews.uz/20231103/ishlash-muddati-kamida-60-yil--rosatom-lukashenkoga-belaes-pasportini-topshirdi-40666367.html
Yuz yilgacha ishlaydi — Rosatom Lukashenkoga BelAES pasportini topshirdi
Yuz yilgacha ishlaydi — Rosatom Lukashenkoga BelAES pasportini topshirdi
Sputnik O‘zbekiston
Kelajakda elektro transport harakati yuqori darajada rivojlanishi allaqachon aniq va buning uchun qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqarish kerak bo‘ladi — Lixachov. 03.11.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-11-03T17:16+0500
2023-11-03T17:16+0500
2023-11-03T21:10+0500
dunyoda
belarus
aes
aleksandr lukashenko
rosatom
atom energetikasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/03/40667815_31:0:1112:608_1920x0_80_0_0_6209544a3aa330710f5850d64dbcc176.jpg
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Rosatom bosh direktori Aleksey Lixachov Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga Belarus AES foydalanishga tayyorligini bildiruvchi ramziy pasportini topshirdi. Belarus prezidenti matbuot xizmati xabariga asosan. Lixachov aytishiga ko‘ra, rossiyalik mutaxassislar BelAESni qurishda "o‘zi uchun" qurgandek ma’suliyatli munosabatda bo‘lishgan va kelajak foydalanish hamda butlovchi qismlar yetkazib berishda ham munosabat xuddi shunday bo‘ladi. Belarus prezidentining kelajakda yana qayerda AES qurish mumkinligi haqidagi savoliga Rosatom yetakchisi quyidagicha javob berdi. "Shu ma’noda barqaror yashil yadro energetikasi hatto elektr dvigatellari uchun ham asosdir. Buning uchun tegishli yoqilg‘i quyish shoxobchalari va mexanizmlar kerak. Bu yerda biz Belarusdan o‘rganishimiz kerak bo‘lgan ko‘p narsa bor. Siz bu borada oldinga intilyapsiz", - dedi Rosatom rahbari. Shuningdek, u Belarus tomoniga respublikada gigafabrika va yadro tibbiyoti markazi tashkil etishni taklif qildi. Ma’lumot uchun, BelAESning birinchi bloki 2020-yil 7-noyabrda ishga tushgan edi. Energetika vaziri Viktor Karankevich yaqinda ma’lum qilishiga ko‘ra, birinchi energiya bloki tarmoqqa ulanganidan shu kunga qadar 20,6 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqargan. Bu 5,5 milliard kub metr tabiiy gazning o‘rnini bosadi. Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning kuzida Belarus AESning ikkinchi energoblokini tijorat maqsadlarida foydalanishga topshirish kerak. Belarus YeOII yagona eneregetika bozori orqali Rossiya va YeOII mamlakatlariga elektr energiyasini yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa Belarusning Boltiqbo‘yi davlatlarining 2025-yilda BRELL energetika halqasidan chiqishidan ko‘rilgan yo‘qotishlarni qoplash imkonini beradi.
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/03/40667815_172:0:1000:621_1920x0_80_0_0_f0dca18e952a9698295b969dd1a9a4a7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, belarus, aes, aleksandr lukashenko, rosatom, atom energetikasi
dunyoda, belarus, aes, aleksandr lukashenko, rosatom, atom energetikasi
Yuz yilgacha ishlaydi — Rosatom Lukashenkoga BelAES pasportini topshirdi
17:16 03.11.2023 (yangilandi: 21:10 03.11.2023) Kelajakda elektro transport harakati yuqori darajada rivojlanishi allaqachon aniq va buning uchun qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqarish kerak bo‘ladi — Lixachov.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Rosatom bosh direktori Aleksey Lixachov Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga Belarus AES foydalanishga tayyorligini bildiruvchi ramziy pasportini topshirdi. Belarus prezidenti matbuot xizmati
xabariga asosan.
“Xizmat muddati kamida 60-yil. Bizning hisob-kitobga ko‘ra u 100-yilgacha ishlaydi”, - dedi Lixachov ishonch bilan.
Lixachov aytishiga ko‘ra, rossiyalik mutaxassislar BelAESni qurishda "o‘zi uchun" qurgandek ma’suliyatli munosabatda bo‘lishgan va kelajak foydalanish hamda butlovchi qismlar yetkazib berishda ham munosabat xuddi shunday bo‘ladi.
Belarus prezidentining kelajakda yana qayerda AES qurish mumkinligi haqidagi savoliga Rosatom yetakchisi quyidagicha javob berdi.
Ammo kelajak uchun rejalar tuzayotganda, biz o‘nlab yillar emas, balki 60-70 yillik istiqbollarga asoslanib rejalashtirishimiz kerak, deydi Aleksey Lixachov. Misol uchun, kelajakda elektro transport harakati yuqori darajada rivojlanishi allaqachon aniq va buning uchun qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqarish kerak bo‘ladi.
"Shu ma’noda barqaror yashil yadro energetikasi hatto elektr dvigatellari uchun ham asosdir. Buning uchun tegishli yoqilg‘i quyish shoxobchalari va mexanizmlar kerak. Bu yerda biz Belarusdan o‘rganishimiz kerak bo‘lgan ko‘p narsa bor. Siz bu borada oldinga intilyapsiz", - dedi Rosatom rahbari.
Shuningdek, u Belarus tomoniga respublikada gigafabrika va yadro tibbiyoti markazi tashkil etishni taklif qildi.
Ma’lumot uchun, BelAESning birinchi bloki 2020-yil 7-noyabrda ishga tushgan edi. Energetika vaziri Viktor Karankevich yaqinda ma’lum qilishiga ko‘ra, birinchi energiya bloki tarmoqqa ulanganidan shu kunga qadar 20,6 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqargan. Bu 5,5 milliard kub metr tabiiy gazning o‘rnini bosadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning kuzida Belarus AESning ikkinchi energoblokini tijorat maqsadlarida foydalanishga topshirish kerak. Belarus YeOII yagona eneregetika bozori orqali Rossiya va YeOII mamlakatlariga elektr energiyasini yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa Belarusning Boltiqbo‘yi davlatlarining 2025-yilda BRELL energetika halqasidan chiqishidan ko‘rilgan yo‘qotishlarni qoplash imkonini beradi.