Toshkentda "Turkish Airlines"ning barcha reyslari bekor qilindi — ro‘yxat

© Sputnik / Natalia Seliverstova"Turk havo yo‘llari" ning Airbus A319 samolyoti. Arxiv surat
Turk havo yo‘llari ning Airbus A319 samolyoti. Arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2023
Obuna bo‘lish
Aviakompaniyaing ro‘yxatdan o‘tish tizimida nosozlik bo‘lgan.
TOShKENT, 02 noya — Sputnik. Toshkent aeroportida "Turkish Airlines" aviakompaniyasining barcha reyslari bekor qilindi, deya xabar berdi "Uzbekistan Airports".
Qayd etilishicha, aviakompaniyaing ro‘yxatdan o‘tish tizimida nosozlik bo‘lgan. Shu sababli 1-2 noyabr kunlaridagi parvozlar bekor qilingan.
Bekor bo‘lgan reyslar ro‘yxati:
1 noyabr: THY-4331 Toshkent – Istanbul (ro‘yxatdan o‘tgan 70 nafar yo‘lovchi mehmonxonaga joylashtirilgan), THY -370 Istanbul – Toshkent, THY -364 Istanbul – Toshkent.
2 noyabr: THY -371 Toshkent – Istanbul, THY -365 Toshkent – Istanbul.
Xabarda parvozlar haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun aviakompaniya vakillariga murojaat qilish tavsiya etilgan.
RIA Novostiga ko‘ra, Istanbul xalqaro aeroportida bronlash tizimidagi muammolar tufayli o‘nlab reyslar bekor qilingan. Turk havo yo‘llarining ma’lum qilishicha, keyinroq bron qilish tizimidagi nosozlik bartaraf etilgan.
Yangiliklar lentasi
0