"Toshkent–Baliqchi–Toshkent" yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdlar qayta ishga tushirilishi kutilmoqda

© Uzbekiston temir yullari"Uzbekiston temir yullari" i "NK "Kirgiz Temir Jolu" dostigli dogovorennosti o realizatsii prakticheskix mer po uskoreniyu proyekta stroitelstva jeleznoy dorogi "Kitay – Kirgizstan – Uzbekistan".
Uzbekiston temir yullari i NK Kirgiz Temir Jolu dostigli dogovorennosti o realizatsii prakticheskix mer po uskoreniyu proyekta stroitelstva jeleznoy dorogi Kitay – Kirgizstan – Uzbekistan. 
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2023
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va “Qirg‘iziston temir yo‘li” MK” davlat korxonasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 02 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston temir yo‘llari "Toshkent – Baliqchi – Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy yo‘lovchi poyezdlarining ishga tushirilishini muhokama qilishdi. Bu haqida "O‘zbekiston temir yo‘llari" xabar berdi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va “Qirg‘iziston temir yo‘li” MK” davlat korxonasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda temir yo‘l orqali yuklarni tashish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish masalasi muhokama etildi.
“Tomonlar Qirg‘izistondan O‘zbekistonga yuk tashish uchun "O‘zbekiston temir yo‘llari" tomonidan vagonlar berish masalasini muhokama qilishdi, bu esa mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga yordam beradi”, — deyiladi xabarda.
Qirg‘iziston mutaxassislarini O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga ham kelishib olishdi.

"Toshkent – Baliqchi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy yo‘lovchi poyezdlarining ishga tushirilishi muhokama qilindi. Qayd etilishicha, ushbu tashabbus ikki mamlakat o‘rtasidagi yo‘lovchi aloqasini yaxshilashga va mintaqaning sayyohlik salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Qolaversa, tomonlar "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘lini qurish loyihasini jadallashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishishdi. Ushbu loyiha mintaqada transport infratuzilmasini rivojlantirish va mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash uchun strategik ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlarni mustahkamlaydigan va temir yo‘l tarmog‘ida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan protokol imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0