Sherobod tumaniga yangi hokim tayinlandi — u haqida nimalar ma’lum?

© Xokimiyat Surxandarinskoy oblastiSherobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Sherobod tumaniga yangi hokim tayinlandi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2023
Obuna bo‘lish
Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Xalilov Zaynobiddin Jalolitdinovich sog‘ligi tufayli o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilganligi ma’lum qilindi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Sherobod tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, xalq deputatlari Sherobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Xalilov Zaynobiddin Jalolitdinovich sog‘ligi tufayli o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilganligi ma’lum qilindi. Uning o‘rniga Alimov Usmon Ibrohimovich tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.
Usmon Alimov 1983-yil 6-aprelda Denov tumanida tug‘ilgan. 2007-yil va 2014-yilda Termiz davlat universitetini, 2021-yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – milliy istiqlol g‘oyasi huquq va ma’naviyat asoslari, iqtisodiyot, davlat boshqaruvi.
Usmon Alimov 2013-2019 yillarda viloyat hokimligida turli vazifalarda hamda Uzun tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2019 yildan buyon Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0