https://oz.sputniknews.uz/20231102/shavkat-mirziyoev-tashabbus-mdh-iqtisodiyot-40597424.html
Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari MDH iqtisodiyotini qanday mustahkamlashi mumkin — ekspertlar
Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari MDH iqtisodiyotini qanday mustahkamlashi mumkin — ekspertlar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va MDH mamlakatlari o‘rtasidagi qo‘shma investitsiya loyihalari portfeli 25 milliard dollardan oshadi. Ammo, Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlik mustahkamlansa, natijalar yanada yaxshi bo‘lishi mumkin.
2023-11-02T12:59+0500
2023-11-02T12:59+0500
2023-11-02T14:26+0500
jamiyat
o‘zbekiston
mdh
shavkat mirziyoyev
analitika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0d/39939051_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_5dde9373c7784fb43dd3ffee35b634fb.jpg
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Oktabr oyida MDHga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hamdo‘stlik mamlakatlari iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladigan qator tashabbuslarni e’lon qilgan edi.O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2022-yilda 19 milliard dollardan oshdi. Prezident MDHda istisno va cheklovlarsiz to‘laqonli erkin savdo zonasini (ESZ) tezroq shakllantirish muhimligiga e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bu jarayonga mavjud to‘siqlar to‘sqinlik qilmoqda. Shu munosabat bilan Mirziyoyev tegishli kelishuv bandlarini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi.Savdo yo‘lidagi to‘siqlarIqtisodiyot fanlari doktori Leonid Xolodning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, xalqaro savdoda ikki xil to‘siq mavjud – tarif (bojxona) va texnik (notarif cheklovlari, masalan, sanitariya, fitosanitariya, veterinariya).Yagona savdo maydonida qabul qilingan umumiy qoidalar savdoni rivojlantirishga yordam beradi, dedi Leonid Xolod.Bunday holda, masalan, hujjatlarni qo‘shimcha sertifikatlash, tekshirish yoki tasdiqlashga ehtiyoj qolmaydi, bu ham vaqt va qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi.MDHda erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi shartnoma 2011-yilda imzolangan. Ekspert-siyosatshunos, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi Ravshan Nazarovning aytishicha, o‘shandan beri mahalliy va global miqyosda ko‘plab voqealar sodir bo‘ldi va shuning uchun, albatta, hujjat jiddiy qayta ko‘rib chiqish va tuzatishlarni talab qiladi,Milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda import o‘rnini bosishO‘zbekiston rahbari tomonidan bildirilgan yana bir tashabbus import o‘rnini bosish bo‘yicha milliy dasturlarni sinxronlashtirish bilan bog‘liq. Bu masalani ko‘rib chiqishda MDH davlatlari, birinchi navbatda, o‘zlarining iqtisodiy imkoniyatlarini, qolaversa, hamkorlarining salohiyatini xolisona baholashlari kerak, deydi Ravshan Nazarov.Bundan tashqari, ekspertning ta’kidlashicha, hamkor mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulot yoki xizmat "o‘zimizniki" deb hisoblanishi kerak.Shu bilan birga, Rossiya iqtisodiyot universitetining xalqaro biznes kafedrasi dotsenti Anastasiya Prikladovaning fikricha, MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida import o‘rnini bosish siyosatini sinxronlashtirish tashabbusi makroiqtisodiy tafovutlar va mamlakatlarning bu borada o‘z manfaatlarini ko‘zlashi tufayli qiyinchilik va qarama-qarshiliklarga duch kelishi mumkin.Leonid Xolodning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda MDHda import o‘rnini bosish dasturlari bir-biridan ajralib turadi, chunki har bir mamlakat o‘z sektorlarini alohida rag‘batlantiradi, bu esa ushbu yo‘nalishda jadal ishlashni talab qiladi.Agar import o‘rnini bosish dasturlari sinxronlashtirilsa, deydi ekspert, u holda davlatlar “bir-birini tirsagi bilan turtmaydi”. Leonid Xolodning so‘zlariga ko‘ra, sinxronizatsiya dasturlarning narxini pasaytiradi, shuningdek, mehnatni oqilona taqsimlashga imkon beradi.Pirovardida sinxronizatsiya har bir davlat uchun qiziq bo‘lgan tarmoqlarda import o‘rnini bosish jarayonini tezlashtiradi, dedi u.Bu iqtisodiyotga bevosita ta’sir qiladi, chunki birlamchi xom ashyoga nisbatan murakkabroq mahsulot ishlab chiqarish qo‘shimcha milliy daromad va buning natijasida odamlar turmush darajasining oshishini anglatadi.Davlat xaridlari bozori va elektron tijoratni rivojlantirishShavkat Mirziyoyev MDH doirasida davlat xaridlari bozoriga o‘zaro asosda imtiyozli kirish imkoniyatini ham ko‘rib chiqishni taklif qildi. Anastasiya Prikladova tushuntirganidek, bu Tashkilotga a’zo mamlakatlardan birida ishlab chiqarilgan tovarlar maqomi bo‘yicha mahalliy tovarlar bilan teng bo‘lishini anglatadi, ya’ni shartnoma shartlarini belgilashda ular xorijiy hisoblanmaydi.Anastasiya Prikladovaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu muammoning eng oddiy yechimi MDHga a’zo mamlakatlar tashqi savdosining texnik talablari va boshqa tarifsiz choralarini YeOII doirasida o‘rnatilgan qoidalar bilan birlashtirish bo‘lishi mumkin.Shavkat Mirziyoyevning elektron tijoratni rivojlantirish, jumladan, mavjud platformalarni kengaytirish orqali rag‘batlantirishni taklif qilgan yana bir tashabbusi ham shu bilan bog‘liq.Elektron tijorat tranzaksiya xarajatlarini optimallashtiradi - ya’ni savdo xarajatlarini kamaytiradi, deydi Leonid Xolod.Shu bilan birga, savdo maydonchasi faoliyati yetkazib beruvchilar tomonidan bitim shartlarini vijdonan bajarishiga asoslanishi kerak.Ko‘proq o‘zaro investitsiyalarO‘zbekiston rahbari MDHga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari Kengashi yig‘ilishida ham qo‘shma ulgurji tarqatish va logistika markazlarini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash dasturini qabul qilishni taklif qildi.Bu qo‘shma ikki tomonlama va ko‘p tomonlama loyihalarni amalga oshirishni faollashtirishga yordam beradi, ekspertlar fikricha, bunday markazlarsiz keng ko‘lamli savdo qiyin kechadi.Mazkur tashabbusning amalga oshirilishi yuklarni, jumladan, tranzit mamlakatlar hududlari orqali tashish uchun qulay shart-sharoitlar va maxsus tariflarni taqdim etish, shuningdek, yuk tashish va logistika zanjirlarining maqbul sxemalarini ishlab chiqish imkonini beradi, deb hisoblaydi Nazarov.Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan qo‘shma sarmoyaviy loyihalari portfeli 25 milliard dollardan oshadi. Shu bilan birga, joriy yil boshidan buyon respublikaning Hamdo‘stlik davlatlari bilan tashqi savdosi hajmi atigi 5 foizga oshdi.Shu bois prezident o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirish va loyihalarni ilgari surish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish, jumladan, texnoparklar tashkil etishni taklif qildi.Bu yo‘nalishdagi ishlar 2023-yil iyun oyida Sochida MDH hukumatlari rahbarlari Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish konsepsiyasi va uni 2030-yilgacha rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksini ma’qullagan paytda boshlangan edi.Mutaxassisning fikricha, yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarishlar tashkil etish (masalan, zamonaviy IT-texnologiyalarni rivojlantirish) qo‘shma texnoparklar tashkil etish, o‘zaro investitsiyalar hajmini oshirish, mahsulot sifati bo‘yicha xalqaro standartlarga erishish, yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.Yo‘nalishlarga kelsak, bu hamma narsa bo‘lishi mumkin: kimyo sanoatidan tortib tog‘-metallurgiya va qishloq xo‘jaligigacha (masalan, qo‘shma urug‘chilik, seleksiya ishlari), deydi Xolod. “Talab bor joyda biz rivojlanishimiz kerak”, deb xulosa qildi iqtisodchi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0d/39939051_46:0:1182:852_1920x0_80_0_0_16648914b34d90de5a6bc03f476e66c2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
o‘zbekiston mdh qo‘shma investitsiya loyihalari shavkat mirziyoyev tashabbuslari mdh iqtisodiyot
o‘zbekiston mdh qo‘shma investitsiya loyihalari shavkat mirziyoyev tashabbuslari mdh iqtisodiyot
Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari MDH iqtisodiyotini qanday mustahkamlashi mumkin — ekspertlar
12:59 02.11.2023 (yangilandi: 14:26 02.11.2023) O‘zbekiston va MDH mamlakatlari o‘rtasidagi qo‘shma investitsiya loyihalari portfeli 25 milliard dollardan oshadi. Ammo, Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlik mustahkamlansa, natijalar yanada yaxshi bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Oktabr oyida MDHga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hamdo‘stlik mamlakatlari iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladigan qator tashabbuslarni e’lon qilgan edi.
O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2022-yilda 19 milliard dollardan oshdi. Prezident MDHda istisno va cheklovlarsiz to‘laqonli erkin savdo zonasini (ESZ) tezroq shakllantirish muhimligiga e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bu jarayonga mavjud to‘siqlar to‘sqinlik qilmoqda. Shu munosabat bilan Mirziyoyev tegishli kelishuv bandlarini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi.
Savdo yo‘lidagi to‘siqlar
Iqtisodiyot fanlari doktori Leonid Xolodning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, xalqaro savdoda ikki xil to‘siq mavjud – tarif (bojxona) va texnik (notarif cheklovlari, masalan, sanitariya, fitosanitariya, veterinariya).
“Qoidaga ko‘ra, ESZda tarif to‘siqlari olib tashlanadi va iloji bo‘lsa, mahsulotlarga qo‘yiladigan texnik talablar unifikatsiya qilinadi. Turli mamlakatlarda bu qoidalar unchalik yaxshi sinxronlashtirilmagan bo‘lishi mumkin, bu, yumshoq qilib aytganda, savdo uchun qulay emas”, — deya tushuntiradi ekspert.
Yagona savdo maydonida qabul qilingan umumiy qoidalar savdoni rivojlantirishga yordam beradi, dedi Leonid Xolod.
Bunday holda, masalan, hujjatlarni qo‘shimcha sertifikatlash, tekshirish yoki tasdiqlashga ehtiyoj qolmaydi, bu ham vaqt va qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi.
“Tovarning yomonlashishi mumkinligidan tashqari, qoida tariqasida, foizlar to‘lanishi kerak bo‘lgan qarz mablag‘lari jalb qilinadi. Shu bois, savdo yo‘lidagi turli to‘siqlar va cheklovlar qancha kam bo‘lsa, bu import qiluvchi va eksport qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyoti uchun shunchalik yaxshi bo‘ladi”, - deb tushuntiradi Leonid Xolod.
MDHda erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi shartnoma 2011-yilda imzolangan.
Ekspert-siyosatshunos, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi Ravshan Nazarovning aytishicha, o‘shandan beri mahalliy va global miqyosda ko‘plab voqealar sodir bo‘ldi va shuning uchun, albatta, hujjat jiddiy qayta ko‘rib chiqish va tuzatishlarni talab qiladi,
“Xususan, shartnomada Ukraina yoki Moldova kabi davlatlarni tilga olishning ma’nosi amalda yo‘qolgan. Bundan tashqari, bu vaqt ichida ESZda ishtirok etuvchi mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi va tarkibi sezilarli darajada o‘zgardi. Ulardan ba’zilari, masalan, JSTga a’zo bo‘lishdi (2012 yilda Rossiya, 2013-yilda Tojikiston, 2015-yilda Qozog‘iston), bu ham muayan majburiyatlar va cheklovlarni qo‘yadi”, — deya aniqlik kiritadi ekspert.
Milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda import o‘rnini bosish
O‘zbekiston rahbari tomonidan bildirilgan yana bir tashabbus import o‘rnini bosish bo‘yicha milliy dasturlarni sinxronlashtirish bilan bog‘liq. Bu masalani ko‘rib chiqishda MDH davlatlari, birinchi navbatda, o‘zlarining iqtisodiy imkoniyatlarini, qolaversa, hamkorlarining salohiyatini xolisona baholashlari kerak, deydi Ravshan Nazarov.
Bundan tashqari, ekspertning ta’kidlashicha, hamkor mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulot yoki xizmat "o‘zimizniki" deb hisoblanishi kerak.
Shu bilan birga, Rossiya iqtisodiyot universitetining xalqaro biznes kafedrasi dotsenti Anastasiya Prikladovaning fikricha, MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida import o‘rnini bosish siyosatini sinxronlashtirish tashabbusi makroiqtisodiy tafovutlar va mamlakatlarning bu borada o‘z manfaatlarini ko‘zlashi tufayli qiyinchilik va qarama-qarshiliklarga duch kelishi mumkin.
“Birinchi navbatda, davlat mahalliy kompaniyalarning sarmoyaviy faolligini rag‘batlantirish orqali importga bog‘liqlikni kamaytirishga, imkoniyatlar cheklangan holda esa – chet el kapitalini jalb qilishga intiladi”, — deya tushuntiradi ekspert.
Leonid Xolodning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda MDHda import o‘rnini bosish dasturlari bir-biridan ajralib turadi, chunki har bir mamlakat o‘z sektorlarini alohida rag‘batlantiradi, bu esa ushbu yo‘nalishda jadal ishlashni talab qiladi.
Agar import o‘rnini bosish dasturlari sinxronlashtirilsa, deydi ekspert, u holda davlatlar “bir-birini tirsagi bilan turtmaydi”. Leonid Xolodning so‘zlariga ko‘ra, sinxronizatsiya dasturlarning narxini pasaytiradi, shuningdek, mehnatni oqilona taqsimlashga imkon beradi.
"Ehtimol, to‘liq siklda import o‘rnini bosish kerak emasdir. Bojxona maydoni va umumiy savdo zonasi mavjudligini inobatga olib, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yaxshiroq bo‘lishi mumkin", — deydi ekspert.
Pirovardida sinxronizatsiya har bir davlat uchun qiziq bo‘lgan tarmoqlarda import o‘rnini bosish jarayonini tezlashtiradi, dedi u.
Bu iqtisodiyotga bevosita ta’sir qiladi, chunki birlamchi xom ashyoga nisbatan murakkabroq mahsulot ishlab chiqarish qo‘shimcha milliy daromad va buning natijasida odamlar turmush darajasining oshishini anglatadi.
“Sobiq Ittifoq mamlakatlari biroz farqli bo‘lsa-da, ko‘proq yoki kamroq texnologik darajaga ega. Garchi import o‘rnini bosishimiz milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda rivojlansa ham, u qandaydir tarzda o‘xshash qoidalarga va shunga o‘xshash muammolarga amal qiladi”, — deydi Leonid Xolod.
Davlat xaridlari bozori va elektron tijoratni rivojlantirish
Shavkat Mirziyoyev MDH doirasida davlat xaridlari bozoriga o‘zaro asosda imtiyozli kirish imkoniyatini ham ko‘rib chiqishni taklif qildi. Anastasiya Prikladova tushuntirganidek, bu Tashkilotga a’zo mamlakatlardan birida ishlab chiqarilgan tovarlar maqomi bo‘yicha mahalliy tovarlar bilan teng bo‘lishini anglatadi, ya’ni shartnoma shartlarini belgilashda ular xorijiy hisoblanmaydi.
“Bu Hamdo‘stlik bozorlarida raqobat kuchayishiga olib kelishi mumkin. Lekin o‘zaro savdo faqat bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan, mahsulotlarga qo‘yiladigan talablar esa har xil bo‘lishi mumkin, bu esa cheklovchi omil”, — deydi ekspert.
Anastasiya Prikladovaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu muammoning eng oddiy yechimi MDHga a’zo mamlakatlar tashqi savdosining texnik talablari va boshqa tarifsiz choralarini YeOII doirasida o‘rnatilgan qoidalar bilan birlashtirish bo‘lishi mumkin.
"Ehtimol, bunday yechim elektron tijoratni rivojlantirishga hissa qo‘shadi", - deb hisoblaydi u.
Shavkat Mirziyoyevning elektron tijoratni rivojlantirish, jumladan, mavjud platformalarni kengaytirish orqali rag‘batlantirishni taklif qilgan yana bir tashabbusi ham shu bilan bog‘liq.
Elektron tijorat tranzaksiya xarajatlarini optimallashtiradi - ya’ni savdo xarajatlarini kamaytiradi, deydi Leonid Xolod.Shu bilan birga, savdo maydonchasi faoliyati yetkazib beruvchilar tomonidan bitim shartlarini vijdonan bajarishiga asoslanishi kerak.
"Bu savdo jarayonlari samaradorligini keskin oshiradi, bu esa o‘z navbatida savdoni tezlashtiradi va uning hajmini oshiradi", — deydi Xolod.
Ko‘proq o‘zaro investitsiyalar
O‘zbekiston rahbari MDHga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari Kengashi yig‘ilishida ham qo‘shma ulgurji tarqatish va logistika markazlarini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash dasturini qabul qilishni taklif qildi.
Bu qo‘shma ikki tomonlama va ko‘p tomonlama loyihalarni amalga oshirishni faollashtirishga yordam beradi, ekspertlar fikricha, bunday markazlarsiz keng ko‘lamli savdo qiyin kechadi.
Mazkur tashabbusning amalga oshirilishi yuklarni, jumladan, tranzit mamlakatlar hududlari orqali tashish uchun qulay shart-sharoitlar va maxsus tariflarni taqdim etish, shuningdek, yuk tashish va logistika zanjirlarining maqbul sxemalarini ishlab chiqish imkonini beradi, deb hisoblaydi Nazarov.
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan qo‘shma sarmoyaviy loyihalari portfeli 25 milliard dollardan oshadi. Shu bilan birga, joriy yil boshidan buyon respublikaning Hamdo‘stlik davlatlari bilan tashqi savdosi hajmi atigi 5 foizga oshdi.
Shu bois prezident o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirish va loyihalarni ilgari surish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish, jumladan, texnoparklar tashkil etishni taklif qildi.
Bu yo‘nalishdagi ishlar 2023-yil iyun oyida Sochida MDH hukumatlari rahbarlari Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish konsepsiyasi va uni 2030-yilgacha rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksini ma’qullagan paytda boshlangan edi.
“Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish MDH mamlakatlari iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirishning asosiy omillaridan biridir”, – deydi Ravshan Nazarov.
Mutaxassisning fikricha, yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarishlar tashkil etish (masalan, zamonaviy IT-texnologiyalarni rivojlantirish) qo‘shma texnoparklar tashkil etish, o‘zaro investitsiyalar hajmini oshirish, mahsulot sifati bo‘yicha xalqaro standartlarga erishish, yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.
Yo‘nalishlarga kelsak, bu hamma narsa bo‘lishi mumkin: kimyo sanoatidan tortib tog‘-metallurgiya va qishloq xo‘jaligigacha (masalan, qo‘shma urug‘chilik, seleksiya ishlari), deydi Xolod. “Talab bor joyda biz rivojlanishimiz kerak”, deb xulosa qildi iqtisodchi.