Shavkat Mirziyoyev Ostonaga boradi

© Ofitsialniy sayt prezidenta KazaxstanaShavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev
Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2023
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev 2-3 noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Ostona shahriga boradi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 2-3 noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.
Sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, ekologiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.
"Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashadilar", — deyiladi xabarda.
Tadbirlar yakunida qator qo‘shma hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilda Turkiy davlatlar tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi raislik qilmoqda. Ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 100 dan ortiq muhim tadbir o‘tkazildi. Tashkilotga O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston , Qirg‘iziston va Turkiya a’zo, Vengriya va Turkmaniston tashkilotda kuzatuvchilardir.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2023
Mirziyoyev noyabrda Qozog‘istonga boradi
Yangiliklar lentasi
0