Putin DVZAI ratifikatsiyasini qaytarib olish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishVladmir Putin
Vladmir Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya DVZAIni ratifikatsiya qilishni qaytarib oldi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Yadro sinovlarini yalpi taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani (DVZAI) ratifikatsiya qilishni qaytarib olish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat rasmiy huquqiy axborot portalida chop qilingan.
Hujjat Davlat dumasiga 13-oktabr kuni kiritilgan edi. Quyi parlamentning deyarli barcha deputatlari uning hammualliflari bo‘lishgan. Qonun loyihasi bilan “Yadro sinovlarini yalpi taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi” qonunning 1-moddasi bekor qilinmoqda. Bu modda Rossiya Federatsiyasi nomidan Nyu-Yorkda 1996-yil 24-sentabr kuni imzolangan shartnomani ratifikatsiya qilishni nazarda tutadi. Shuningdek, federal zakon nomi “Yadro sinovlarini yalpi taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi”dan “Yadro sinovlarini yalpi taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma” to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirilmoqda.
Moskva “Yadro sinovlarini yalpi taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani” 2000-yilda ratifikatsiya qilgan. Ayrim mamlakatlar, jumladan, AQSh va Xitoy hozirgacha ratifikatsiya qilmagan. Biroq yadro quroligi ega davlatlar bunday sinovlarni o‘tkazmaslik to‘g‘risida ixtiyoriy majburiyatni o‘z zimmasiga olishgan.
Kremlning ma’lum qilishicha, Moskvaning DVZAIni ratifikatsiya qilishdan ehtimoliy voz kechishi bu yadro sinovlarini o‘tkazish niyatlari borligini anglatmaydi.
Yadro sinovlarini yalpi taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma haqida nimalarni bilmoq zarur? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2023
Yadro sinovlarini yalpi taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma haqida nimalarni bilish zarur
Yangiliklar lentasi
0