Polsha o‘z yerlarini qaytarib olmoqchi va o‘ta xavfli harakatlar qilishi mumkin - Medvedev

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishZasedanie programmnoy komissii partii "Yedinaya Rossiya"
Zasedanie programmnoy komissii partii Yedinaya Rossiya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2023
Obuna bo‘lish
Polsha davlatchiligining kelajagi yana uzoqni o‘ylamagan siyosiy hiyla-nayrang girdobiga tashlandi — Medvedev.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Polsha mintaqada o‘zining to‘liq hukmronligini o‘rnatishga intilmoqda. Ushbu maqsadda u o‘zining tarixiy hududlarini qaytarishga bel bog‘lagan va shu sababli o‘ta xavfli va kutilmagan harakatlar qilishi mumkin, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev “Rossiyskaya gazeta” uchun yozgan maqolasida. RIA Novosti xabariga asosan.

“Ukrainani Rossiya bilan mojaroda qo‘llab-quvvatlab, Polsha NATO va Yevropa Ittifoqi "harbiy soyaboni" ostida faqat bir narsaga intiladi — Varshava va Moskva o‘rtasida joylashgan davlatlar ustidan nazorat o‘rnatish orqali mintaqada to‘liq hukmronligini ta’minlash.

Uning fikricha, Polsha uzoq vaqtdan beri undan nohaq tortib olingan hududlarini qaytarishga va o‘zining “adolatli dunyo tartibi haqidagi” g‘oyalarni amalga oshirishga bel bog‘lagan. Sog‘lom fikrga zid ravishda Polsha mintaqadagi o‘ta xatarli va kutilmagan harakatlar amalga oshirishi mumkin”, deb yozadi Medvedev o‘z maqolasida.
Lekin “barcha geosiyosiy da’volariga qaramay”, Polsha G‘arbiy Yevropaning yetakchi davlatlaridan jiddiy ortda qolmoqda. Ukraina qochqinlarning sezilarli oqimi va Rossiyaning energiya manbalaridan mahrum bo‘lish Polshaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yomonlashtirishda davom etadi va "millionlab oddiy polyaklarning cho‘ntagiga og‘riqli zarba beradi".
"Buni yaxshi tushungan Polsha rahbariyati yana bir bor jamiyatni dolzarb muammolardan chalg‘ituvchi va uni afsonaviy yutuqlar sari ilhomlantiruvchi vositaga murojaat qildi. Uning nomi mahalliy millatchilik va rusofobiya aralashmasidir. Polsha elitasi o‘zlarining unutilmagan tarixiy mag‘lubiyatini izohlashning boshqa choralarini topa olmagan va buni xohlamaydilar ham", — deb qo‘shimcha qildi Medvedev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Polsha davlatchiligining kelajagi “yana uzoqni o‘ylamagan siyosiy hiyla-nayrang girdobiga tashlangan”.

“Ammo tarix, Polshaga ularning o‘zi qo‘zg‘atgan mojarodan g‘alaba bilan chiqishga hech qanday kafolat bermaydi. Ayniqsa, agar Polsha yana Rossiyaga qarshi yurishga qaror qilsa”, - deb yozadi Medvedev.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Polsha Belarus chegarasida ko‘p sonli qo‘shin to‘playotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0