Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII va ShHT Katta Yevroosiyoda "choksiz transport makonini" yaratishi mumkin — vazir

© YeEKArzibek Kojoshev vistupil na Tashkentskom Transportnom forume
Arzibek Kojoshev vistupil na Tashkentskom Transportnom forume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2023
Obuna bo‘lish
Arzibek Qojoshev: “YeOII va ShHT o‘rtasidagi hamkorlik Katta Yevroosiyoda “uzluksiz transport makonini” shakllantirish imkonini beradi”
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. YeOII va ShHT o‘rtasidagi hamkorlik Katta Yevroosiyoda uzluksiz transport makonini shakllantirish imkonini beradi, dedi Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Transport forumida YeIK transport vaziri Arzibek Kojoshev.

“YeOII va ShHT o‘rtasidagi yaqinroq va samaraliroq hamkorlik qilish uchun katta salohiyat mavjud bo‘lib, bu bizga Katta Yevroosiyo hududida ochiq, adolatli asosda, suverenitet va milliy manfaatlarni hurmat qilgan holda, bosqichma-bosqich “choksiz transport makonini” shakllantirish imkonini beradi", - dedi forumda so‘zga chiqqan Kojoshev.

YeIK vaziri, shuningdek, ShHT va YeOII o‘rtasida o‘zaro manfaatli sheriklik muhitini shakllantirish ushbu integratsiya birlashmalari mamlakatlari transport komplekslari samaradorligini sezilarli darajada oshirishini va huquqiy tartibga solishni uyg‘unlashtirishga yordam berishini ta’kidladi.
© YeEKArzibek Kojoshev vistupil na Tashkentskom Transportnom forume
Arzibek Kojoshev vistupil na Tashkentskom Transportnom forume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2023
Vazir fikriga ko‘ra, bu, shuningdek, mintaqa mamlakatlari bilan birgalikda yangi hamkorlik aloqalarini qurish, infratuzilmani rivojlantirish, iqtisodiy rivojlanish uchun resurslar oqimini ta’minlaydigan yangi logistika yo‘nalishlari va tovarlar yetkazib berish yangi zanjirlarini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilashga yordam beradi.
Forum doirasida Arzibek Kojoshev va ShHT bosh kotibi o‘rinbosari Soxail Xon o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. YeIK vaziri kelgusida ShHT va YeOII davlatlarining qo‘shma vazirlar yig‘ilishini o‘tkazish muhimligini qayd etdi.
Forumda ShHTga a’zo davlatlar transport vazirlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0