Besh yildan so‘ng Markaziy Osiyo doimiy suv tanqisligiga duch keladi — Podguzov

© Yevraziyskiy Bank Razvitiya/DAMIR OTEGENNikolay Podguzov — predsedatel Pravleniya Yevraziyskogo banka razvitiya (YeABR).
Nikolay Podguzov — predsedatel Pravleniya Yevraziyskogo banka razvitiya (YeABR). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2023
Obuna bo‘lish
YeOTB xulosasiga ko‘ra Markaziy Osiyo hududi besh yildan so‘ng doimiy va barqaror suv tanqisligiga duch keladi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Markaziy Osiyo hududi besh yildan so‘ng doimiy va barqaror suv tanqisligiga duch keladi, dedi Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov shu kunlarda Balida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon gidroenergetika kongressida.
"2028–2029 yillarda Markaziy Osiyo doimiy suv tanqisligiga duch keladi. Bu tanqislik taxminan 5-12 kub kilometrni tashkil qiladi, Shu bilan birga, keyingi 10-yil ichida Markaziy Osiyoda elektr energiyasiga talab sezilarli darajada oshishi kutilmoqda", - dedi Podguzov
Uning so‘zlariga ko‘ra, suv omborlari bo‘lgan yangi gidroelektr stansiyalarni qurish va mavjud GESlarni modernizatsiya qilish iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatishga yordam beradi. Shuningdek, arzon va ekologik toza energiya bo‘lgan mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaydi. Yangi GESlar Markaziy Osiyoda YaIMning yillik o‘sish sur’atlarini taxminan 1,5 foizga oshirishga yordam beradi.
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB)

Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) Yevroosiyo makonida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi xalqaro moliyaviy tashkilotdir. 17-yildan ortiq vaqt mobaynida YeOTB o‘z a’zolari bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash va kengaytirishga, har tomonlama rivojlanishiga ko‘maklashib kelmoqda. YeOTBning ustav kapitali — 7 mlrd. Bank portfelidagi asosiy ulushni transport infratuzilmasi, raqamli tizimlar, yashil energiya, qishloq xo‘jaligi, sanoat va mashinasozlik sohalarida integratsiya effektiga ega bo‘lgan loyihalar egallaydi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0