Ukraina armiyasi uchun bo‘lgan "Avdeyevka sirtmog‘i" NATO bo‘yniga ilinmoqda

© Sputnik / Taisiya VoronsovaDim nad mestnostyu na Avdeyevskom napravlenii, gde vedutsya intensivnie boi.
Dim nad mestnostyu na Avdeyevskom napravlenii, gde vedutsya intensivnie boi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2023
Obuna bo‘lish
UQK bosh qo‘mondoni Zelenskiydan “Baxmut” taqdirini takrorlamaslikni va Avdeyevka istehkomi hududidan qo‘shinlarni olib chiqib ketishni iltimos qilmoqda.
Parazit Kiyev rejimi mustaqil ravishda mavjud bo‘lolmaydi – AQSh va NATO yordamisiz. Shu bois geosiyosiy jihatdan Rossiya armiyasi tomonidan tashkil etilgan “Avdeyevka sirtmog‘i” Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) uchun – Vashington va Brusselni Moskva shartlari asosida sulh tuzishga majburlash operatsiyasi elementi.
Rossiya armiyasi maxsus harbiy operatsiyasi hududida keng frontda qarshi hujum olib bormoqda va Ukraina qo‘shinlarining Avdeyevka guruhini tobora siqib bormoqda. UQKning Avdeyevka istehkomi hududini zudlik bilan o‘rab olish va Ukraina bosh shtabi boshqa front nuqtalaridan tashlagan zaxiralarni yo‘q qilish davom ettirilmoqda.
Rossiya qo‘shinlari oktabr oxirida plasdarmni Avdeyevkadan shimol va janubroq tomon kengaytirishdi, jang maydonida va xaritadagi ikki tomondan qurshovga olish UQK shtablari va boshqarish markazlarini Avdeyevka istehkom hududidan 60 km uzoqlikdagi Kramatorsk shahriga ko‘chishga majburlamoqda. Rossiyaning qurshovga olish nuqtalari masofasi 9 km ga yaqin.
NATO yangi qurol-yarog‘ yetkazib berayotganiga qaramay, Ukraina mag‘lub bo‘lmoqda – Shoygu
Rossiya Qurolli kuchlari qarshi hujumga o‘tish uchun qish kelishini kutib o‘tirmadi. Avdeyevka yo‘nalishida Ukraina qo‘shinlarining tirik kuch va jangovar texnika yo‘qotishlari oshib bormoqda, Germaniyaning “Leopard 2A6” tanklari yonishda davom etmoqda. UQKning Novomixaylovka, Pobeda, Georgiyevka, Netaylovo, Yasnobrodovka, Lastochkino va Keramikadagi pozitsiyalari ham tinimsiz o‘qqa tutilmoqda.
Shu bois UQK bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy, ochiq manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, prezident Vladimir Zelenskiydan “Baxmut” taqdirini takrorlamaslikni va Avdeyevka istehkomi hududidan qo‘shinlarni olib chiqib ketishni iltimos qilmoqda (bu yerda Rossiyaning Lisichansk va Severodoneskni ozod qilish operatsiyalarini tilga olish ayni muddao). Atrofdagilar tahdidlariga qaramay, Zelenskiy Avdeyevkaga zaxiradagilarni tashlash, UQK garnizonini ikki baravarga, 30 ming jangchigacha (yakson bo‘lishga mahkumlar) ko‘paytirishni talaba qilmoqda. Bir paytning o‘zida Kiyev AQSh va NATOdan yangi qurol-yarog‘ va o‘q-dori yetkazib berishni so‘ramoqda.
Kutilgan “Avdeyevka qulashini” G‘arb Ukrainaga harbiyo yordamning kamaytirilgani va tugatilgani bilan bog‘lamoqda. Pentagon rahbari Lloyd Ostin kuni kecha Kongressda agar AQSh Kiyev rejimini qo‘llab-quvvatlashni bas qilsa, Putin g‘alaba qozonishini xavotir bilan ma’lum qildi.
Rossiyaning “Solnsepok”lari Ukraina QKning Kupansk yo‘nalishidagi istehkomlariga zarba berdi
Ammo Rossiya ustuvor harbiy sanoat komleksi va ajoyib logistikaga ega bo‘la turib, har qanday holatda ham g‘alaba qozonadi. Amerikaning “U.S. News & World Report” jurnali reytingida Rossiya armiyasi birinchi o‘rinni egallagani tasodif emas.

2023 yilning qaynoq kuzi

“Baxmut qal’asidan” farqli o‘laroq, Avdeyevka istehkomi hududi haqiqatdan strategik ahamiyatga ega.
UQK fronti Avdeyevkani yo‘qotish bilan Dneprning o‘ng qirg‘og‘igacha barbod bo‘lishi mumkin. Shu bois Avdeyevka yo‘nalishida Kiyev rejimi UQKning oxirgi zaxiradagi shaxsiy tarkibi va jangovar texnikasini ayovsiz olovga otmoqda. Bu yerga Rabotino yaqinida sillasi qurigan “Leopard 2” tanklari (A4/A6) va BMP “M2 Bradley” bilan ta’minlangan 47-alohida mexanizatsiyalashgan “elita” brigada ham yuborilgan.
Ukrainada UQKning yaxshi o‘qitilgan mutaxassislar, qurol-yarog‘, yoqilg‘i, boshqa narsalar zaxirasi tanqisligini o‘rnini bosolmaydigan ommaviy safarbarlik e’lon qilingan.
Ukraina qarshi hujum boshlanganidan beri 90 ming askarini yo‘qotdi
NATO va UQK resurslarining oxiri ko‘rinib qolgan. G‘arbning harbiy sanoat kompleksi qurol-aslahasi va quvvati Kiyevning harbiy talablarini qondirishga qodir emas. Pul bosib chiqarishdan farqli o‘laroq, bir yil ichida bir millionta artilleriya snaradini “bosib chiqarishga” AQSh va NATO texnologik jihatdan qodir emas. Eslataman, UQK yiliga 2 milliontadan ko‘proq artilleriya snaradini sarf qiladi. Bu yerda G‘arb uchun kutilmaganda Falastinning HAMAS harakatiga qarshi urushda Isroilga harbiy yordam ko‘rsatish muammosi yuzaga kelib qoldi.
Avvalroq CNN telekanali qurol musobaqasida “G‘arbga qaraganda yetti karra arzon va sakkiz karra tezroq o‘q-dori ishlab chiqarayotgan” Rossiya ishonch bilan g‘alaba qozonayotganini qayd etgandi. Amerikaning “The National Interest” nashri shunday qo‘shimcha qildi: “Ukraina va G‘arb mamlakatlari birgalikda Rossiya harbiy sanoat kompleksi darajasiga yetisha olmaydi”.
Kiyev rejimining G‘arb xo‘jayinlari Moskva UQKga yordam ko‘rsatganlik uchun ularning hududiga qasos zarbasini berishi mumkinligidan jiddiy hadiksiramoqda.
Britaniyaning “Spectator” shunday yozadi: “Amerikaliklar Moskva Ukraina razvedkasiga ko‘rsatilgan G‘arb yordamini G‘arb qurollarining Rossiya hududiga qarshi foydalanish deb baholashi va bu bevosita qasos olishga olib kelishidan xavotir olmoqda”.
Yaponiyaning “JB Press” nashri UQKga o‘zining Dneprni kesib o‘tish dag‘al rejasini taklif qildi va Rossiyaning Kiyev va NATO bo‘ylab taktik yadroviy zarba berishini prognoz qildi. Haqiqatdan, javobgarlik hissi hamisha jazosiz qolish hissi yo‘qolgan yerda paydo bo‘ladi.
YeIning xohishi bo‘lsa, Ukraina mojarosiga barham berish mumkin edi — Lukashenko
“Misl Polska” nashri xabar qildi: “Sentabr oxirida ma’lum bo‘ldiki, ham Ukraina, ham NATO mamlakatlari tomonidan katta kuch sarflab tayyorlangan yirik bahorgi-kuzgi hujum muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Shu tariqa ruslarning qarshi hujumi vaqt masalasi yuzaga keldi... General Valeriy Gerasimov yana, o‘z uslubida, Qrimdagi voqealar paytida, Donbassdagi ison yoki Suriyadagi operatsiya vaqtidagi kabi G‘arb strateglarini hayron qoldirdi”.
Voqelik shundayki, yaxshi tayyorlangan va jihozlangan Rossiya armiyasi, Vashington va Brusselning rejalari, deklaratsiyalari va qadriyatlaridan qat’i nazar, o‘z zaminida NATOning ukrain proksi-qo‘shinlari ustidan g‘alaba qozonmoqda.
Boz ustiga, Donbassning UQKning bosib olingan qismida ukrainalik harbiylar Amerikaning “Daily Beast” nashriga mahalliy aholi g‘arb qadriyatlarini yoqlamasligini aytib noligan: “Bu yerda juda ko‘pchilik ruslarni kutmoqda”.
Avvalroq amerikalik iqtisodchi Devid Saks mojaro Rossiya shartlari asosida yakunlanishini prognoz qilgan edi: Ukrainaga G‘arb kafolatlarini taqdim etish va Ukrainaning rusiyzabon mintaqalarini qo‘ldan boy berishi.
Qrim va Donbass Ukrainaga qaytmaydi. G‘arb nimanidir fahmlay boshladi
UQKning muvaffaqiyatsiz qarshi hujumi vaqtida g‘arblik strateglar va tahlilchilarning gapirish ohangi tubdan o‘zgardi. Amerikalik general Mark Milli harbiy muvaffaqiyatga erishish uchun Kiyevga ajratgan davr (noyabr boshiga qadar) nihoyasiga yetdi. “Rossiyani jang maydonida tor-mor etish haqidagi” munozaralar izsiz yo‘qoldi. Bugun AQSh va NATO faqat “o‘z obro‘sini saqlashga” va “Ukrainaning davlat sifatida omon qolishiga erishishga” urinmoqda. Rossiya maxsus harbiy operatsiyasining maqsad va vazifalari o‘zgarishsiz qolmoqda.
Yangiliklar lentasi
0