Ziyorat turizmini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi

© UzbektourismZiyorat turizmini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi
Ziyorat turizmini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Obuna bo‘lish
Hamkorlik asosida xalqaro elektron resurslar manbalari kontentini boyitish va ziyorat turizmi yo‘nalishida baza yaratishga kelishib olindi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Turizm qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi o‘rtasida turizmni rivojlantirish, jumladan ziyorat turizmi yo‘nalishini yangi bosqichga ko‘tarish borasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, ziyorat turizmi sohasida kadrlar tayyorlash, bu yo‘nalishda xorijiy ekspertlar bilan uzviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, ilmiy va ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish, qo‘mita mutaxassislari bilan birgalikda Akademiya talabalari ishtirokida ziyoratgohlar va turizm yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘llanma hamda xaritalar ishlab chiqish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshiriladi.
Shuningdek, hamkorlik asosida xalqaro elektron resurslar manbalari kontentini boyitish va ziyorat turizmi yo‘nalishida baza yaratishga kelishib olindi.
Uchrashuv chog‘ida Xalqaro islom akademiyasi tomonidan O‘zbekistondagi 500 taga yaqin ziyoratgohlar to‘g‘risidagi to‘plam nashr etilganligi ma’lum qilinib, Turizm qo‘mitasi tomonidan ushbu to‘plam turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari orasida targ‘ib qilinishida amaliy yordam berishga kelishildi.
Yangiliklar lentasi
0