Zaxarova MDH mamlakatlari OAVlari ahamiyati haqida gapirdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishMariya Zaxarova
Mariya Zaxarova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rasmiy vakili milliy OAVlar MDH aholisini xorij dezinformatsiyasidan himoya qilishga yordam berishini ta’kidladi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Milliy OAVlar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlariga o‘ziga xosligini saqlab qolishga va fuqarolarni xorij dezinformatsiyasidan himoya qilishga yordam beradi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya segodnya” mediaguruhi xalqaro multimedia matbuot markazidagi “O‘zgaruvchan dunyoda medianing rivojlanishi” II media forumi davomida ma’lum qildi.

“Milliy ommaviy axborot vositalari dekorativ va ramziydan haqiqiy bo‘ldi. Bu hozir yagona ziddi-zahar va halokatli rivojlanishning oldini olishning usuli hisoblanadi. Agar milliy, jumladan, MDHning umumiy makoniga integratsiya qilingan, o‘zaro shartnoma tuzayotgan OAVlar bo‘lmaganida, biz axborot qullari bo‘lgan bo‘lardik, suverenitet uchun qilgan barcha narsamizni yo‘qotgan bo‘lardik, o‘ziga xosligimizni to‘liq yo‘qotgan bo‘lardik”, - dedi Zaxarova. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, MDH mamlakatlarida o‘z OAVlarini tashkil etayotgan paytda ular dunyo xoldinglari bilan raqobat qila olmasligidan xavfsirashgan, shu bois ularga “dekorativ” rol ajratilgan.
Ammo yetakchi jurnalistlar, jamoat va davlat arboblari sa’y-harakatlari bilan Hamdo‘stlikning milliy OAVlari zamonaviy jamiyatda muhim rolni o‘ynamoqda, deya ta’kidladi diplomat.
Media forum Moskvada bo‘lib o‘tmoqda va u ommaviy axborot vositalarining hozirgi holati va faoliyati istiqbollarini tahlil qilishga bag‘ishlangan.
II media forum yalpi majlisining mavzusi – “Xalqaro jurnalistikaning kelajagi”. Panel sessiyalarda media sohasida sun’iy intellektdan foydalanish, Telegram-kanallarni samarali yuritish strategiyalari, Hamdo‘stlikning rusiyzabon OAVlari rivojlanishi va jurnalistika sohasida talabalarni tayyorlash xususiyati muhokama qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0