https://oz.sputniknews.uz/20231101/yoshga-doir-pensiya-proaktiv-shakl-tayinlash-40563483.html
Yoshga doir pensiyalarni avtomatik tarzda tayinlash tartibi joriy etiladi
Yoshga doir pensiyalarni avtomatik tarzda tayinlash tartibi joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
2025 yil 1-martdan yoshga doir pensiyalar murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.
2023-11-01T15:49+0500
2023-11-01T15:49+0500
2023-11-01T15:49+0500
jamiyat
o‘zbekiston
pensiya
yangi qaror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177490_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_84f0b0011377625ef827a30567652ff1.jpg
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi. Bu haqida prezident tomonidan qabul qilingan PQ–353-sonli qarorida nazarda tutilgan. Hujjatga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan fuqarolarga pensiya tayinlash uchun amaldagi tartibga qo‘shimcha ravishda ularning xohishiga ko‘ra DXM yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali ham murojaat qilish huquqi beriladi.Shuningdek, fuqarolar pensiya tayinlanganidan so‘ng shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larini YaIDXP yoki AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali olishi mumkin bo‘ladi. Bunda, Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larni olish huquqini beruvchi sertifikat berish tartibi bekor qilinadi.Bunda, yoshga doir pensiyalar Pensiya jamg‘armasining axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa ma’lumotlariga asosan hisoblanadi va tayinlanadi.Fuqarolarga pensiya yoshiga yetib mehnat faoliyatini davom ettirgan holda keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirganida proaktiv shaklda tayinlangan pensiyani rad qilish huquqi beriladi.2025 yil 1-martgacha fuqarolarga pensiya tayinlanishi yoki pensiya miqdoriga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish yuzasidan fuqaroning mobil aloqa vositasiga SMS-xabar yuborish tartibi joriy etiladi.Pensiyalarni proaktiv shakli - xizmatlar arizalarsiz avtomatik tarzda taqdim etiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177490_272:0:2845:1930_1920x0_80_0_0_934443caf29ff77a03e3a3ab5e59f640.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston pensiyalar murojaat proaktiv shakl
o‘zbekiston pensiyalar murojaat proaktiv shakl
Yoshga doir pensiyalarni avtomatik tarzda tayinlash tartibi joriy etiladi
2025 yil 1-martdan yoshga doir pensiyalar murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi. Bu haqida prezident tomonidan qabul qilingan
PQ–353-sonli qarorida nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan fuqarolarga pensiya tayinlash uchun amaldagi tartibga qo‘shimcha ravishda ularning xohishiga ko‘ra DXM yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali ham murojaat qilish huquqi beriladi.
Shuningdek, fuqarolar pensiya tayinlanganidan so‘ng shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larini YaIDXP yoki AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali olishi mumkin bo‘ladi. Bunda, Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larni olish huquqini beruvchi sertifikat berish tartibi bekor qilinadi.
"2025 yil 1-martdan fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunda ( erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yosh) belgilangan yoshga to‘lishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi", — deyiladi hujjat matnida.
Bunda, yoshga doir pensiyalar Pensiya jamg‘armasining axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa ma’lumotlariga asosan hisoblanadi va tayinlanadi.
Fuqarolarga pensiya yoshiga yetib mehnat faoliyatini davom ettirgan holda keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirganida proaktiv shaklda tayinlangan pensiyani rad qilish huquqi beriladi.
2025 yil 1-martgacha fuqarolarga pensiya tayinlanishi yoki pensiya miqdoriga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish yuzasidan fuqaroning mobil aloqa vositasiga SMS-xabar yuborish tartibi joriy etiladi.
Pensiyalarni proaktiv shakli - xizmatlar arizalarsiz avtomatik tarzda taqdim etiladi.