https://oz.sputniknews.uz/20231101/toshkent-yolkira-40567225.html
Toshkentda yo‘lkira narxlari qanday o‘zgardi?
Toshkentda yo‘lkira narxlari qanday o‘zgardi?
Sputnik O‘zbekiston
Bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tariflar naqd pul bilan 2000 so‘m, barcha turdagi bank kartalari va ATTO transport kartasi orqali to‘lov uchun esa 1700 so‘m bo‘ldi.Yo‘lovchilar ATTO transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida ikkinchi marotaba avtobusdan foydalansa, yo‘l haqi uchun 700 so‘m to‘laydi. Bir soat davomida yo‘lovchilar avtobusdan uchinchi va to‘rtinchi marotaba ma’lum bir manzilga harakatlanishi esa mutlaqo bepul bo‘ladi.
2023-11-01T18:38+0500
2023-11-01T18:38+0500
2023-11-01T18:38+0500
infografika
multimedia
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/01/40560241_0:0:3639:2047_1920x0_80_0_0_ce67e2895ce03e6c6147fa7d69a4ffbc.png
Poytaxt jamoat transportida yangi, qo‘shimcha va rag‘batlantiruvchi tariflar joriy etildi. Unga ko‘ra, bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tariflar naqd pul bilan 2000 so‘m, barcha turdagi bank kartalari va ATTO transport kartasi orqali to‘lov uchun esa 1700 so‘m bo‘ldi.Yo‘lovchilar ATTO transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida ikkinchi marta avtobusdan foydalansa, yo‘l haqi uchun 700 so‘m to‘laydi. Bir soat davomida yo‘lovchilar avtobusdan uchinchi va to‘rtinchi marta ma’lum bir manzilga harakatlanishi esa mutlaqo bepul bo‘ladi.1 soat ichida avtobusdan metroga yoki metrodan avtobusga o‘tish bilan dastlab 1 700 so‘m, keyin 1 100 so‘m, uchinchi almashishda avtobusga chiqish bilan 700 so‘m to‘lanadi. To‘rtinchi marta almashtirishda esa yo‘lkira bepul bo‘ladi.Kunlik, haftalik, oylik va yillik tariflar ham bor. Ma’lum summada to‘lov qilib, belgilangan vaqt davomida cheksiz qatnovlarni amalga oshirish mumkin.Batafsil - Sputnik infografikasida.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/01/40560241_455:0:3184:2047_1920x0_80_0_0_d658e49d5d546cc8a7fcc1fad0ed58ee.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
atto transport kartasi to‘lov toshkent yo‘lkira yo‘l haqi ma’lumot qancha
atto transport kartasi to‘lov toshkent yo‘lkira yo‘l haqi ma’lumot qancha
Toshkentda yo‘lkira narxlari qanday o‘zgardi?
1 noyabrdan boshlab Toshkent jamoat transporti uchun moslashuvchan tariflar joriy etildi.
Poytaxt jamoat transportida yangi, qo‘shimcha va rag‘batlantiruvchi tariflar joriy etildi. Unga ko‘ra, bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tariflar naqd pul bilan 2000 so‘m, barcha turdagi bank kartalari va ATTO transport kartasi orqali to‘lov uchun esa 1700 so‘m bo‘ldi.
Yo‘lovchilar ATTO transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida ikkinchi marta avtobusdan foydalansa, yo‘l haqi uchun 700 so‘m to‘laydi. Bir soat davomida yo‘lovchilar avtobusdan uchinchi va to‘rtinchi marta ma’lum bir manzilga harakatlanishi esa mutlaqo bepul bo‘ladi.
1 soat ichida avtobusdan metroga yoki metrodan avtobusga o‘tish bilan dastlab 1 700 so‘m, keyin 1 100 so‘m, uchinchi almashishda avtobusga chiqish bilan 700 so‘m to‘lanadi. To‘rtinchi marta almashtirishda esa yo‘lkira bepul bo‘ladi.
Kunlik, haftalik, oylik va yillik tariflar ham bor. Ma’lum summada to‘lov qilib, belgilangan vaqt davomida cheksiz qatnovlarni amalga oshirish mumkin.
Batafsil -
Sputnik infografikasida.