Spirtga aksiz solig‘i stavkasini ikki baravarga oshirish taklif qilindi

© Depositphotos / SonarVinnie butilki. Illyustrativnoe foto
Vinnie butilki. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Obuna bo‘lish
Shuningdek, 2024-yil 1-apreldan tarkibida zararli gaz moddalari ulushi yuqori bo‘lgan benzin mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkasi 12 foizga indeksatsiya qilinmoqda, bunda AI-91 va undan yuqori oktanli benzinga aksiz solig‘i stavkalari saqlanib qolinmoqda.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. 2024-yil 1-yanvardan spirtga aksiz solig‘i stavkasini ikki baravarga, ya’ni 1 litri uchun 7,4 ming so‘mdan 14,9 ming so‘mgacha oshirish taklif qilinmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Shuningdek, 2024-yil 1-apreldan tarkibida zararli gaz moddalari ulushi yuqori bo‘lgan benzin mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkasi 12 foizga indeksatsiya qilinmoqda, bunda AI-91 va undan yuqori oktanli benzinga aksiz solig‘i stavkalari saqlanib qolinmoqda.
Qayd etilishicha:
2024 yil 1-apreldan tarkibida shakar mavjud bo‘lgan gazlangan ichimliklarga 1 litr uchun 500 so‘m miqdorida aksiz solig‘i joriy etilmoqda;
2024 yil 1-iyuldan boshlab avtomobil shinalarining bir donasi vaznidan (kg uchun) kelib chiqqan holda BHMning 0,3 foizi miqdorida utilizatsiya yig‘imi joriy etilmoqda;
2024 yil 1-apreldan yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan og‘ir yuk mashinalari uchun yillik bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida yo‘l yig‘imini joriy etish taklif etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0