Shirin shahriga yangi hokim tayinlandi

© Xokimiyat Sirdarinskoy oblastiSirdaryo viloyatining Shirin shahriga yangi hokim tayinlandi
Sirdaryo viloyatining Shirin shahriga yangi hokim tayinlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Obuna bo‘lish
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Shirin shahriga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev qatnashgan sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi.
Ayni kunga qadar “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Guliston filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Xazratqulov Niyoz Namazboyevich shahar hokimi etib tasdiqlandi.
Avvalroq, Shirin hokimi Sarvar Sultonov Mirzaobod tumani hokimi sifatida ish boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Yangiliklar lentasi
0