Sardor Rahimxon “Vaqf” fondi rahbari o‘rinbosari bo‘ldi

© Social media page of Sardor RahimxonSardor Raximxon.
Sardor Raximxon. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Obuna bo‘lish
"Yurak amri" nomli xayriya ishlari bilan tanilgan Sardor Rahimxon “Vaqf” fondi rahbari o‘rinbosari bo‘ldi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Sardor Rahimxon (Sanjar Rahimov) “Vaqf” fondi rahbari o‘rinbosari – “Vaqf” xayriya ishlari bo‘yicha direktor lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruvi a’zolarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda "Yurak amri" nomli xayriya ishlari bilan tanilgan Sardor Rahimxon fond rahbari o‘rinbosari – “Vaqf” xayriya ishlari bo‘yicha direktor lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda fond boshqaruvi rahbari Isaxon Abdullayev yordamga muhtoj kishilarga ko‘mak berish, nogironlarga mehr ko‘rsatish, kambag‘al oilalar holidan xabar olish, quduq qazish hamda ilm-fanga oid innovatsion loyihalar hamda talabalarni qo‘llab-quvvatlash kabi xayriya ishlarini kengaytirishga alohida urg‘u berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Vaqf” xayriya jamoat fondi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlagan Isaxon Abdullayev fond rahbari bo‘lgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0