https://oz.sputniknews.uz/20231101/qoshxotinlik-targib-qamoq-jazo-40549306.html
Endi qo‘shxotinlikni targ‘ib etganlar qamalishi mumkin
Endi qo‘shxotinlikni targ‘ib etganlar qamalishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Qonun bilan Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilish, ushbu mazmundagi qarashlarni, g‘oyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, shuningdek bunday xatti-harakatlarni rag‘batlantirish: BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha (4 mln 950 ming so‘mdan 9 mln 900 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
2023-11-01T11:40+0500
2023-11-01T11:40+0500
2023-11-01T12:31+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qonun
qo‘shxotinlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/1d/35474701_0:120:3071:1848_1920x0_80_0_0_42598cc69b842b3ff01c90ae56ef0a4f.jpg
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Bu haqda prezident imzolagan O‘RQ–874-sonli qonunda nazarda tutilgan.Qonun bilan Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilish, ushbu mazmundagi qarashlarni, g‘oyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, shuningdek bunday xatti-harakatlarni rag‘batlantirish:Eslatib o‘tamiz, avvalroq deputatlar O‘zbekistonda qo‘shxotinlikni targ‘ib qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi bo‘yicha tegishli qonun loyihasini qabul qilishgan edi. Ma’lum qilinishicha, so‘nggi paytlarda reklama, ko‘ngilochar va tahliliy materiallar orqali ko‘pxotinlik va uning "afzalliklari"ni targ‘ib qilish avj olmoqda. Buning oqibatida qonuniy nikohsiz tug‘ilgan bolalar soni ham oshgan.Xususan, 2022-yilda respublika bo‘yicha 18 955 ta holatda tug‘ilgan chaqaloqlar yolg‘iz ona arizasi asosida qayd etilgan. 2021-yilda ushbu ko‘rsatkich 19 037 tani, 2020-yilda 16 564 tani tashkil qilgan. Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2018−2022 yillarda ko‘pxotinlik uchun 34 nafar erkak sudlangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/1d/35474701_119:97:2638:1986_1920x0_80_0_0_a7b72f7b4f62c1b78b982424531db088.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qo‘shxotinlik qamoq jazosi o‘zbekiston jazo qonun jarima qancha ma’lumot ko‘pxotinlik kup xotinlik
qo‘shxotinlik qamoq jazosi o‘zbekiston jazo qonun jarima qancha ma’lumot ko‘pxotinlik kup xotinlik
Endi qo‘shxotinlikni targ‘ib etganlar qamalishi mumkin
11:40 01.11.2023 (yangilandi: 12:31 01.11.2023) O‘zbekistonda qo‘shxotinlikni targ‘ib etganlar 15 sutkagacha qamoqqa olinishi mumkin.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Bu haqda prezident imzolagan
O‘RQ–874-sonli qonunda nazarda tutilgan.
Qonun bilan Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilish, ushbu mazmundagi qarashlarni, g‘oyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, shuningdek bunday xatti-harakatlarni rag‘batlantirish:
BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha
(4 mln 950 ming so‘mdan 9 mln 900 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga yoki
15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq deputatlar O‘zbekistonda qo‘shxotinlikni targ‘ib qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi bo‘yicha tegishli qonun loyihasini qabul
qilishgan edi. Ma’lum qilinishicha, so‘nggi paytlarda reklama, ko‘ngilochar va tahliliy materiallar orqali ko‘pxotinlik va uning "afzalliklari"ni targ‘ib qilish avj olmoqda. Buning oqibatida qonuniy nikohsiz tug‘ilgan bolalar soni ham oshgan.
Xususan, 2022-yilda respublika bo‘yicha 18 955 ta holatda tug‘ilgan chaqaloqlar yolg‘iz ona arizasi asosida qayd etilgan. 2021-yilda ushbu ko‘rsatkich 19 037 tani, 2020-yilda 16 564 tani
tashkil qilgan. Oliy sud
ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2018−2022 yillarda ko‘pxotinlik uchun 34 nafar erkak sudlangan.