Maxsus operatsiya: 1-noyabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota artilleristov na Zaporojskom napravlenii.
Boyevaya rabota artilleristov na Zaporojskom napravlenii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyasi, belgilangan maqsadlar yo‘nalishida muvaffaqiyatli davom etmoqda.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi noyabr hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyati Sinkovka qishlog‘i hududida UQKning 57-mexanizatsiyalashgan brigadasining ikkita hujumini qaytardi. Bu yo‘nalishda dushman yo‘qotishlari 245 nafar harbiy xizmatchi, ikkita mashina, AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M777 artilleriya tizimi, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, "Msta-B" gaubitsasi va ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasini tashkil etdi.
Xarkov viloyatining Volochansk va Ogursovo aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 1-maxsus brigadasining o‘q-dorilar omborlari yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi Petrovskoe aholi punkti va Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida UQKning 47 va 67-mexanizatsiyalashgan brigadalarining 2 ta hujumni qaytardi.
LXRning Chervonaya Dibrova qishlog‘i hududida UQKning 63-mexanizatsiyalashgan brigadasining ishchi kuchi jamlangan pozitsiya o‘qqa tutildi. Dushmanning kunlik yo‘qotishlari 200 tagacha harbiy xizmatchi, uchta mashina, shuningdek, Britaniyada ishlab chiqarilgan AS-90 o‘ziyurar artilleriya tizimini tashkil etdi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi Kurdumovka va Klesheyevka aholi punktlari hududida UQKning 28, 93 mexanizatsiyalashgan va 3-hujum brigadalarining ishchi kuchi va texnikasini to‘plangan pozitsiyalarga zarba berdi. Dushmanning ushbu yo‘nalishdagi umumiy yo‘qotishlari 245 nafargacha harbiy xizmatchi (halok bo‘lgan va yaralanganin), uchta tank, shu jumladan Germaniyada ishlab chiqarilgan Leopard, uchta avtomashinani va ikkita D-30 gaubitsasini tashkil etdi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlar guruhi Ugledar, Urojaynoe va Staromayorskoe aholi punktlari hududlarida UQKning 72-mexanizatsiyalashgan, 58 moto-o‘qchi piyoda brigadalari va 128-hududiy mudofaa bo‘linmalarining shaxsiy tarkibi va texnikasi jamlangan pozitsiyaga zarba berdi. Dushman yo‘qotishlari 190 dan ortiq harbiy xizmatchilar, ikkita zirhli jangovar mashina va oltita texnikani tashkil etdi.
Zaporoje yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari Rabotino va Verbovoe aholi punktlari hududida UQKning 33, 65, 117 va 118-mexanizatsiyalashgan brigadalari shaxsiy tarkibiga zarba berdi. Janglar natijasida UQKning 80 nafargacha harbiy xizmatchisi, uchta zirhli jangovar mashina va ikkita avtomobil yo‘q qilindi.
Artilleriyaga qarshi jangda AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida, Ukraina Qurolli Kuchlarining yo‘qotishlari 80 nafargacha harbiy xizmatchi va to‘rtta texnikani tashkil etdi.
Rossiya aviatsiyasi, uchuvchisiz apparatlari, raketa kuchlari va artilleriyasi UQKning 129 ta hududda joylashgan ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
Bundan tashqari, UQKning 67-mexanizatsiyalashgan brigadasi va 31-tezkor brigadasi bo‘linmalarining qo‘mondonlik va kuzatuv postlariga zarba berildi.
So‘nggi 24 soat ichida Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari DXRning Kuroyedovka va Novoselovka aholi punktlari hududlarida Ukraina harbiy-havo kuchlarining ikkita Su-27 samolyotini urib tushirdi.
Havo mudofaa kuchlari, elektron kurash va o‘q otish qurollari yordamida 8ta AQShda ishlab chiqilgan HIMARS va "Uragan" tizimlari raketalari hamda JDAM boshqariluvchi bombalarini tutib oldi.
Xarkov viloyatining Lozovaya, Olshana, DXRning Volnovaxa, Podgornoe va Klesheyevka, LXRning Zolotarevka, Novoe, Ocheretovatoe, Zaporoje viloyatining Tarasovka, Xerson viloyatidagi Sagi va Radensk aholi punktlari hududlarida UQKning 48 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Umumiy hisobda, maxsus harbiy operatsiya boshlangandan Ukraina Qurolli kuchlari 520ta samolyot, 254ta vertolot, 8512ta uchuvchisiz apparati, 441ta zenit-raketa tizimi, 13089ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1172ta ko‘p raketali tizimlar, 6941ta dala artilleriyasi va minomotlari, shuningdek, 14 865 dona maxsus harbiy avtomobillardan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0