Eron musulmon davlatlarini Isroilga neft yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi
Eron musulmon davlatlarini Isroilga neft yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
G‘azo sektorida yoqilg‘i shifoxonalar va suv tozalash inshootlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashning yagona yo‘li. 01.11.2023, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 1 noya – Sputnik. Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy chorshanba kuni talabalar va eronlik yoshlar oldidagi nutqida musulmon mamlakatlarni Isroil bilan barcha turdagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni to‘xtatishga va Tel-Avivga neft va oziq-ovqat yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi.Eslatib o‘tamiz, 31-oktabr kuni Isroil, BMT so‘rovlariga qaramasdan G‘azo sektoriga yoqilg‘i yetkazib berishni taqiqlagan edi. "Biz G‘azoga yoqilg‘i yetkazib berilishiga yo‘l qo‘ymaymiz va hech narsa bizni bunga majburlamaydi. Biz HAMASdan bizga qarshi foydalanishini istamaymiz", — degan edi Isroil armiyasi vakili podpolkovnik Jonatan Konrikus. BMTning turli agentliklari va xalqaro tashkilotlar bir necha haftadan buyon yoqilg‘ini G‘azoga jo‘natishga chaqirib kelmoqda, chunki bu shifoxonalar va suv tozalash inshootlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashning yagona yo‘li.
G‘azo sektorida yoqilg‘i shifoxonalar va suv tozalash inshootlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashning yagona yo‘li.
TOShKENT, 1 noya – Sputnik. Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy chorshanba kuni talabalar va eronlik yoshlar oldidagi nutqida musulmon mamlakatlarni Isroil bilan barcha turdagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni to‘xtatishga va Tel-Avivga neft va oziq-ovqat yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi.
"Musulmon davlatlari so‘zsiz va darhol rozi bo‘lishi kerak bo‘lgan narsa Falastinda Isroil sodir etayotgan jinoyatlarni to‘xtatishdir. Neft va oziq-ovqat eksportini to‘xtatish kerak. Musulmon davlatlar Isroil bilan barcha turdagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni to‘xtatishi kerak", - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 31-oktabr kuni Isroil, BMT so‘rovlariga qaramasdan G‘azo sektoriga yoqilg‘i yetkazib berishni taqiqlagan edi. "Biz G‘azoga yoqilg‘i yetkazib berilishiga yo‘l qo‘ymaymiz va hech narsa bizni bunga majburlamaydi. Biz HAMASdan bizga qarshi foydalanishini istamaymiz", — degan edi Isroil armiyasi vakili podpolkovnik Jonatan Konrikus.
BMTning turli agentliklari va xalqaro tashkilotlar bir necha haftadan buyon yoqilg‘ini G‘azoga jo‘natishga chaqirib kelmoqda, chunki bu shifoxonalar va suv tozalash inshootlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashning yagona yo‘li.
Isroil-Falastin mojarosi
Ma’lumot uchun, 2023-yil 7-oktabr kuni Falastinning HAMAS harakatining harbiy qanoti Isroil hududiga ommaviy raketa zarbasi berdi va chegaraga yaqin hududlarga bostirib kirdi. Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari "G‘azo" sektoriga raketa zarbalari berdi va bombardiman qildi. Shuningdek, Isroil G‘azo sektorini to‘liq blokadaga oldi: suv, oziq-ovqat, elektr energiyasi, dori-darmon va yoqilg‘i yetkazib berish to‘xtatildi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda G‘azo sektorida qurbonlar soni 10 ming kishidan oshgan.
Rossiya ikkala tomondan ham harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi. Prezident Vladimir Putin Falastin-Isroil mojarosini faqat BMT Xavfsizlik Kengashining 1947-yildagi rezolyutsiyasini bajarish orqali hal qilish mumkinligini ta’kidlagan. Ya’ni poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini yaratish orqali.