https://oz.sputniknews.uz/20231101/aqsh-uchun-isroil-qopqoni-40554088.html
AQSh uchun Isroil qopqoni
AQSh uchun Isroil qopqoni
Sputnik O‘zbekiston
Falastin-Isroil qurolli mojarosining yana avj olishi BMTning (1947 yil 29-noyabrdagi) Falastin hududini ikkita mustaqil davlat – arab va yahudiy davlatiga ajratish to‘g‘risidagi eski rezolyutsiyasini bajarmaslik bilan bog‘liq. 1948-yil 14-may kuni Falastin hududida Isroil davlati tashkil etilgani e’lon qilingan edi. Ertasi kuni yettita arab mamlakati – Misr, Suriya, Livan, Transiordaniya, Saudiya Arabistoni, Iroq va Yaman – birinchi arab-isroil urushini boshlashdi. O‘tgan o‘n yillar davomida arab Falastin davlati tashkil etilmay qoldi. Falastin-Isroil mojarosi AQShning faol harbiy-siyosiy ko‘magida mintaqadagi keskinlik to‘qnashuvlar nuqtasi bo‘lib qolmoqda.
2023-11-01T22:25+0500
2023-11-01T22:25+0500
2023-11-01T22:25+0500
kolumnistlar
aqsh
isroil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/13/40119752_0:0:2772:1560_1920x0_80_0_0_ce2ed13c75049393f61498a60f402bb5.jpg
Isroil armiyasi global geosiyosat nuqtayi nazaridan Yaqin Sharqda amerikaliklar manfaatlarini himoya qilish uchun avval boshdan yaratilgan Vashingtonning yaxshi qurollangan proksi-guruhi bo‘ladi. Misr, Suriya, Saudiya Arabistoni, Livan, Iroq, Yaman va mintaqaning boshqa davlatlari irodasi va milliy manfaatlariga xilof ravishda.Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 31-oktabr kuni “Qarshilik ko‘rsatish islom harakati” (HAMAS)ga qarshi urushning uchinchi bosqichi boshlangani va G‘azo sektoriga yerdan hujum qilish kengaytirilganini ma’lum qildi. Birinchi, bloklab qo‘yuvchi bosqich yakunlandi deb hisoblanmoqda. Ikkinchisi – havodan yoppasiga zarba berish – davom etmoqda.Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) G‘azo sektoridagi harbiy operatsiyani kengaytirmoqda, quruqlikdagi qo‘shinlar G‘azo shahri atrofidagi ikkita yo‘nalishda olg‘a siljimoqda, tanklar Salohiddin shossesidagi transport aloqasini bloklamoqda. SAXAL G‘azoning asosiy shahrini o‘rab olishga va HAMASning jangovor otradlarini shahar qurilishlaridagi tunnel tarmoqlari bilan yo‘q qilishga intilmoqda. Livanning “Hizbulloh” harbiy siyosiy partiyasi Isroilning Nagariya shahriga 16 ta raketa bilan zarba berganini xabar qildi.G‘azo sektorida uch hafta ichidagi jangovar harakatlar oqibatida 8000 kishi halok bo‘ldi, ularning yarmi – bolalar. Isroilda 1400 nafardan ziyod kishi halok bo‘ldi. 200 nafarga yaqin isroilliklar Falastinning HAMAS harakati qo‘lida asir. Mintaqadagi gumanitar halokatning ko‘lamini baholashga til ojiz. Qamal qilingan G‘azoda ikki million tinch aholi tibbiyot vositalari, suv va oziq-ovqat yetishmasligidan qattiq aziyat chekapti.Vashington yana bir bor o‘zining “o‘ziga xos yagonaligi” qopqoniga tushdi – “mintaqaviy keskinlikning oldini olishga” va bir vaqtning o‘zida Isroil armiyasi harbiy salohiyatini Ukrainadagi harakatlar sabab tagi ko‘rinib qolgan Pentagon qurol-yarog‘larini bilan oshirishga intilmoqda.Tez orada sulh tuzilishi dargumon. Falastin-Isroil qurolli mojarosining yana avj olishi BMTning (1947 yil 29-noyabrdagi) Falastin hududini ikkita mustaqil davlat – arab va yahudiy davlatiga ajratish to‘g‘risidagi eski rezolyutsiyasini bajarmaslik bilan bog‘liq.Afsonalar va obro‘ning barbod bo‘lishiO‘n yillar davomida Falastin qarshilik ko‘rsatish otradlariga qarshi razvedka, maxfiy va yuqori texnologiyali operatsiyalarning serdiqqat ishlari hisobiga Isroilning kuch ishlatar idoralari qudratli va mag‘lub bo‘lmas unvoniga sazovor bo‘ldi. Bosh vazir Netanyaxu fuqarolarini va Vashingtonni falastinliklar ikkinchi darajali muammo, Falastin davlatini tuzish to‘g‘risidagi tinchlik muzokaralari umuman kerak emasligiga ishontirdi.Voqelikka qaytish g‘oyat og‘riqli va qonli bo‘ldi. 7-oktabr kuni ertalab G‘azo sektoridan yog‘dirilgan misli ko‘rilmagan raketalar hujumiga uchradi. Keyin HAMAS jangchilari yahudiy davlati janubidagi chegaraoldi hududlarga bostirib kirib, bir necha soat ichida bir nechta harbiy obyektni egalladi va yuzlab kishilarni asirga oldi. 1000 nafardan ziyod isroilliklarni yo‘q qildi. Isroilning yuqori texnologiyali xavfsizlik tizimi muvaffaqiyatsizligi Amerikaning o‘zgacha ekanligi haqidagi afsonalarni chippakka chiqaradi.“Associated Press” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning harbiy razvedka va ichki xavfsizlik xizmati rahbarlari muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tan olishgan. Urush yakunlanganidan keyin, “hammasi o‘rniga tushgandi”, ular iste’foga chiqishi yoki ishdan bo‘shatilishi kutilmoqda.Isroil mudofaa armiyasi “Temir qilichlar” operatsiyasini kech boshladi va mudofaa vaziri Yoav Galant tantanali ravishda ma’lum qildiki: “Biz g‘alaba qozonamiz, chunki boshqa yo‘l yo‘q. Yoki biz, yoki HAMAS”. Bosh vazir Netanyaxu ogohlantirdi: “G‘azo sektori ichidagi urushi uzoq bo‘ladi”. Vashington Yaqin Sharqdagi “mojarolarni boshqarish” siyosati strategik muvaffaqiyatsizlikka uchraganini fahmlay boshladi. U Isroilning o‘zgalar hududini bosib olishini amalda qo‘llab-quvvatlagan edi.Amerika prezidenti Jo Bayden dediki: “Bu inqiroz tugagan paytda, keyin nima bo‘lishini tasavvur qilish kerak”. Ammo Vashington Isroilga 14,3 milliard dollarga qurol-yarog‘ va o‘q-dori yetkazib berishdan boshqa narsa qilishni bilmaydi. Amerika qurol-yarog‘lari yetkazib berilishi va Isroil, Turkiya va AQShning HAMASga va uning Suriya va Janubiy Livandagi ittifoqchilariga zarba berish bilan “jarrohlik” harbiy kampaniyasini tashkil etish va 1949-yil bahoridagi mintaqa tinchligini qaytarishning deyarli imkoni yo‘q.Biz AQShning “xayrli” ishtiroki uni yanada uzoq, qonli va halokatli qiladigan yangi arab-isroil mojarosining boshlanishini kuzatapmiz. Isroil 300 mingdan ziyod zaxiradagilarni safarbar qildi va uch hafta ichida minglab havo zarbalarini berdi. Iordaniya tashqi ishlar vaziri Ayman Safadiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri Isroilni G‘azoda urush boshlaganlikda aybladi.Pentagon HAMASga qarshi kurash uchun mavjud hamma resursini yo‘naltirmoqda, ammo 155-mm artilleriya snaradlari miqdori va “Patriot” zenit-raketa komplekslari sifati yetishmayotgani oyday ravshan. Isroilni qo‘llab-quvvatlash ustuvorligi AQShning harbiy-texnologik zaifligini ko‘rsatmoqda. Pentagan ma’lumotlariga ko‘ra, 17-30 oktabr davrida Amerika harbiy bazalarida Iroqda 14-marta va Suriyada 10-marta dron va raketalar hujumiga uchragan.AQSh hukumati Eronni mintaqadagi Amerika harbiy bazalariga zarba berayotgan HAMAS va boshqa guruhlarning jangovor imkoniyatlari ortida turuvchi asosiy kuch deb hisoblaydi. Go‘yoki Eron dengiz, havo va quruqlik maydonini o‘z ichiga oluvchi tahdid tarmog‘ini yaratmoqda, “ishonchli vakillarini” qurol-yarog‘ va dronlar bilan ta’minlamoqda. AQShning Suriya hududida harbiy jihatdan bo‘lib turishi qonunga xilof, Iroqda ham amerikalik kutilmagan va xush ko‘rilmagan mehmonlar. Ammo Vashington Eronni tahdid sifatida ko‘radi.Isroil armiyasi bilan Pentagon Tehron bilan bevosita harbiy mojaroga aralashishga tavakkal qilmoqda, u yerda Arab dunyoning boshqa mamlakatlari ham saf tortib keladi. Ba’zida tarix qaytariladi.Eslataman, 1948-yil 14-may kuni Falastin hududida Isroil davlati tashkil etilgani e’lon qilingan edi. Ertasi kuni yettita arab mamlakati – Misr, Suriya, Livan, Transiordaniya, Saudiya Arabistoni, Iroq va Yaman – birinchi arab-isroil urushini boshlashdi. O‘tgan o‘n yillar davomida arab Falastin davlati tashkil etilmay qoldi. Falastin-Isroil mojarosi AQShning faol harbiy-siyosiy ko‘magida mintaqadagi keskinlik to‘qnashuvlar nuqtasi bo‘lib qolmoqda.O‘tgan asr o‘rtasidagi ezgu g‘oya – Muqaddas zaminda jafokash yahudiy xalqi uchun “xavfsiz va rohat-farog‘at orolini” yaratish yetmish yillik qattiq urush, arab aholini yo‘q qilish va o‘zgalar hududini egallab olishga aylandi. Amalda AQSh manfaatlari yo‘lida, va amerika pullari evaziga. Ammo, dunyo o‘zgarmoqda, o‘zini o‘zi ustun deb e’lon qilganlarga qarshilik ko‘rsatilishi muqarrar. Vashingtonning turli mintaqalardagi proksi-qo‘shinlari mag‘lub bo‘lishga mahkum.Harbiy shahrlovchi Aleksandr Xrolenkoning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling https://t.me/AKhrolenko
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/13/40119752_108:0:2572:1848_1920x0_80_0_0_9983d06df68378fc52017c4773980836.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
falastin isroil mojarosi urushi tarix ma’lumot aqsh bmt yangilik xabar
falastin isroil mojarosi urushi tarix ma’lumot aqsh bmt yangilik xabar
AQSh uchun Isroil qopqoni
Vashington yana bir bor o‘zining “o‘ziga xos yagonaligi” qopqoniga tushdi – “mintaqaviy keskinlikning oldini olishga” va bir vaqtning o‘zida Isroil armiyasi harbiy salohiyatini Ukrainadagi harakatlar sabab tagi ko‘rinib qolgan Pentagon qurol-yarog‘larini bilan oshirishga intilmoqda.
Isroil armiyasi global geosiyosat nuqtayi nazaridan Yaqin Sharqda amerikaliklar manfaatlarini himoya qilish uchun avval boshdan yaratilgan Vashingtonning yaxshi qurollangan proksi-guruhi bo‘ladi. Misr, Suriya, Saudiya Arabistoni, Livan, Iroq, Yaman va mintaqaning boshqa davlatlari irodasi va milliy manfaatlariga xilof ravishda.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 31-oktabr kuni “Qarshilik ko‘rsatish islom harakati” (HAMAS)ga qarshi urushning uchinchi bosqichi boshlangani va G‘azo sektoriga yerdan hujum qilish kengaytirilganini ma’lum qildi. Birinchi, bloklab qo‘yuvchi bosqich yakunlandi deb hisoblanmoqda. Ikkinchisi – havodan yoppasiga zarba berish – davom etmoqda.
Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) G‘azo sektoridagi harbiy operatsiyani kengaytirmoqda, quruqlikdagi qo‘shinlar G‘azo shahri atrofidagi ikkita yo‘nalishda olg‘a siljimoqda, tanklar Salohiddin shossesidagi transport aloqasini bloklamoqda. SAXAL G‘azoning asosiy shahrini o‘rab olishga va HAMASning jangovor otradlarini shahar qurilishlaridagi tunnel tarmoqlari bilan yo‘q qilishga intilmoqda. Livanning “Hizbulloh” harbiy siyosiy partiyasi Isroilning Nagariya shahriga 16 ta raketa bilan zarba berganini xabar qildi.
G‘azo sektorida uch hafta ichidagi jangovar harakatlar oqibatida 8000 kishi halok bo‘ldi, ularning yarmi – bolalar. Isroilda 1400 nafardan ziyod kishi halok bo‘ldi. 200 nafarga yaqin isroilliklar Falastinning HAMAS harakati qo‘lida asir. Mintaqadagi gumanitar halokatning ko‘lamini baholashga til ojiz. Qamal qilingan G‘azoda ikki million tinch aholi tibbiyot vositalari, suv va oziq-ovqat yetishmasligidan qattiq aziyat chekapti.
Vashington yana bir bor o‘zining “o‘ziga xos yagonaligi” qopqoniga tushdi – “mintaqaviy keskinlikning oldini olishga” va bir vaqtning o‘zida Isroil armiyasi harbiy salohiyatini Ukrainadagi harakatlar sabab tagi ko‘rinib qolgan Pentagon qurol-yarog‘larini bilan oshirishga intilmoqda.
Tez orada sulh tuzilishi dargumon. Falastin-Isroil qurolli mojarosining yana avj olishi BMTning (1947 yil 29-noyabrdagi) Falastin hududini ikkita mustaqil davlat – arab va yahudiy davlatiga ajratish to‘g‘risidagi eski rezolyutsiyasini bajarmaslik bilan bog‘liq.
Afsonalar va obro‘ning barbod bo‘lishi
O‘n yillar davomida Falastin qarshilik ko‘rsatish otradlariga qarshi razvedka, maxfiy va yuqori texnologiyali operatsiyalarning serdiqqat ishlari hisobiga Isroilning kuch ishlatar idoralari qudratli va mag‘lub bo‘lmas unvoniga sazovor bo‘ldi. Bosh vazir Netanyaxu fuqarolarini va Vashingtonni falastinliklar ikkinchi darajali muammo, Falastin davlatini tuzish to‘g‘risidagi tinchlik muzokaralari umuman kerak emasligiga ishontirdi.
Voqelikka qaytish g‘oyat og‘riqli va qonli bo‘ldi. 7-oktabr kuni ertalab G‘azo sektoridan yog‘dirilgan misli ko‘rilmagan raketalar hujumiga uchradi. Keyin HAMAS jangchilari yahudiy davlati janubidagi chegaraoldi hududlarga bostirib kirib, bir necha soat ichida bir nechta harbiy obyektni egalladi va yuzlab kishilarni asirga oldi. 1000 nafardan ziyod isroilliklarni yo‘q qildi. Isroilning yuqori texnologiyali xavfsizlik tizimi muvaffaqiyatsizligi Amerikaning o‘zgacha ekanligi haqidagi afsonalarni chippakka chiqaradi.
“Associated Press” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning harbiy razvedka va ichki xavfsizlik xizmati rahbarlari muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tan olishgan. Urush yakunlanganidan keyin, “hammasi o‘rniga tushgandi”, ular iste’foga chiqishi yoki ishdan bo‘shatilishi kutilmoqda.
Isroil mudofaa armiyasi “Temir qilichlar” operatsiyasini kech boshladi va mudofaa vaziri Yoav Galant tantanali ravishda ma’lum qildiki: “Biz g‘alaba qozonamiz, chunki boshqa yo‘l yo‘q. Yoki biz, yoki HAMAS”. Bosh vazir Netanyaxu ogohlantirdi: “G‘azo sektori ichidagi urushi uzoq bo‘ladi”. Vashington Yaqin Sharqdagi “mojarolarni boshqarish” siyosati strategik muvaffaqiyatsizlikka uchraganini fahmlay boshladi. U Isroilning o‘zgalar hududini bosib olishini amalda qo‘llab-quvvatlagan edi.
Amerika prezidenti Jo Bayden dediki: “Bu inqiroz tugagan paytda, keyin nima bo‘lishini tasavvur qilish kerak”. Ammo Vashington Isroilga 14,3 milliard dollarga qurol-yarog‘ va o‘q-dori yetkazib berishdan boshqa narsa qilishni bilmaydi. Amerika qurol-yarog‘lari yetkazib berilishi va Isroil, Turkiya va AQShning HAMASga va uning Suriya va Janubiy Livandagi ittifoqchilariga zarba berish bilan “jarrohlik” harbiy kampaniyasini tashkil etish va 1949-yil bahoridagi mintaqa tinchligini qaytarishning deyarli imkoni yo‘q.
Biz AQShning “xayrli” ishtiroki uni yanada uzoq, qonli va halokatli qiladigan yangi arab-isroil mojarosining boshlanishini kuzatapmiz. Isroil 300 mingdan ziyod zaxiradagilarni safarbar qildi va uch hafta ichida minglab havo zarbalarini berdi. Iordaniya tashqi ishlar vaziri Ayman Safadiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri Isroilni G‘azoda urush boshlaganlikda aybladi.
Pentagon HAMASga qarshi kurash uchun mavjud hamma resursini yo‘naltirmoqda, ammo 155-mm artilleriya snaradlari miqdori va “Patriot” zenit-raketa komplekslari sifati yetishmayotgani oyday ravshan. Isroilni qo‘llab-quvvatlash ustuvorligi AQShning harbiy-texnologik zaifligini ko‘rsatmoqda. Pentagan ma’lumotlariga ko‘ra, 17-30 oktabr davrida Amerika harbiy bazalarida Iroqda 14-marta va Suriyada 10-marta dron va raketalar hujumiga uchragan.
AQSh hukumati Eronni mintaqadagi Amerika harbiy bazalariga zarba berayotgan HAMAS va boshqa guruhlarning jangovor imkoniyatlari ortida turuvchi asosiy kuch deb hisoblaydi. Go‘yoki Eron dengiz, havo va quruqlik maydonini o‘z ichiga oluvchi tahdid tarmog‘ini yaratmoqda, “ishonchli vakillarini” qurol-yarog‘ va dronlar bilan ta’minlamoqda. AQShning Suriya hududida harbiy jihatdan bo‘lib turishi qonunga xilof, Iroqda ham amerikalik kutilmagan va xush ko‘rilmagan mehmonlar. Ammo Vashington Eronni tahdid sifatida ko‘radi.
Isroil armiyasi bilan Pentagon Tehron bilan bevosita harbiy mojaroga aralashishga tavakkal qilmoqda, u yerda Arab dunyoning boshqa mamlakatlari ham saf tortib keladi. Ba’zida tarix qaytariladi.
Eslataman, 1948-yil 14-may kuni Falastin hududida Isroil davlati tashkil etilgani e’lon qilingan edi. Ertasi kuni yettita arab mamlakati – Misr, Suriya, Livan, Transiordaniya, Saudiya Arabistoni, Iroq va Yaman – birinchi arab-isroil urushini boshlashdi. O‘tgan o‘n yillar davomida arab Falastin davlati tashkil etilmay qoldi. Falastin-Isroil mojarosi AQShning faol harbiy-siyosiy ko‘magida mintaqadagi keskinlik to‘qnashuvlar nuqtasi bo‘lib qolmoqda.
O‘tgan asr o‘rtasidagi ezgu g‘oya – Muqaddas zaminda jafokash yahudiy xalqi uchun “xavfsiz va rohat-farog‘at orolini” yaratish yetmish yillik qattiq urush, arab aholini yo‘q qilish va o‘zgalar hududini egallab olishga aylandi. Amalda AQSh manfaatlari yo‘lida, va amerika pullari evaziga. Ammo, dunyo o‘zgarmoqda, o‘zini o‘zi ustun deb e’lon qilganlarga qarshilik ko‘rsatilishi muqarrar. Vashingtonning turli mintaqalardagi proksi-qo‘shinlari mag‘lub bo‘lishga mahkum.
Harbiy shahrlovchi Aleksandr Xrolenkoning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling https://t.me/AKhrolenko