Toshkentda xalqaro itlar ko‘rgazmasi qanday o‘tdi — video

Obuna bo‘lish
Xalqaro itlar ko‘rgazmasida 200dan ortiq zotdor itlar ishtirok etdi va mutaxassislar ularni 79ta yo‘nalish bo‘yicha baholashdi.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi huzuridagi Milliy kinologiya markazida xalqaro itlar festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelgan ishtirokchilar va 200 dan ortiq zotdor itlarini namoyish etishdi.
Mutaxassislar ularni 79 ta yo‘nalish bo‘yicha baholashdi. Xizmat itlari huquq-tartibot idoralari xodimlariga ish faoliyatida yordam beradigan maxsus mahoratini namoyish etdi. Masalan, jinoyatchini qo‘lga olish, kontrabanda mahsulotlarini qidirish, ta’qib qilish va boshqalar.
Festival qanday o‘tgani haqida batafsil videolavhamizda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0