Sog‘liqni saqlash vazirligi va Turkiya kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi

© Press-slujbi xokimiyata goroda TashkentaSog‘liqni saqlash vazirligi va Turkiya kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Turkiya kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2023
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda “Acıbadem Healthcare Group” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum onlayn tarzda imzolandi.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Kecha, 30-oktabr kuni Toshkent shahar hokimligida Turkiyaning “Acıbadem Healthcare Group” kompaniyasi vakillari bilan onlayn-uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, uchrashuvda Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov, Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov, hokim o‘rinbosarlari Sharof Raxmanov va Sanjar Obidov, Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etdi.
“Uchrashuv davomida taraflar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarni muhokama qilib, bu yo‘nalishda samarali hamkorlik qilish niyatini tasdiqladilar”, - deyiladi xabarda.
© Press-slujbi xokimiyata goroda TashkentaPodpisan memorandum s Acıbadem Healthcare Group
Podpisan memorandum s Acıbadem Healthcare Group  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2023
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda “Acıbadem Healthcare Group” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum onlayn tarzda imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0