Saylov kodeksiga o‘zgartirishlar kiritiladi — batafsil

© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa Respubliki UzbekistanSaylov kodeksiga o‘zgartirishlar kiritiladi
Saylov kodeksiga o‘zgartirishlar kiritiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2023
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda aytilishicha, bugungi kunda xotin-qizlarning vakillik organlari faoliyatidagi o‘rni ham sezilarli darajada ko‘paymoqda.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama etildi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda erishilayotgan turli sohalardagi ijobiy o‘zgarishlarda ayollarning o‘rni va roli ortmoqda. Ayniqsa, ta’lim, tibbiyot, iqtisodiyot va sanoat kabi davlat hamda jamiyat hayotining muhim soha va tarmoqlarida xotin-qizlarning ulushi yildan-yilga oshapti.

Qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Saylov kodeksining 70 va 91-moddalariga siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining o‘ttiz foizidan qirq foiziga oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda.

Yig‘ilishda aytilishicha, bugungi kunda xotin-qizlarning vakillik organlari faoliyatidagi o‘rni ham sezilarli darajada ko‘paymoqda. Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 30 foizidan, Senat a’zolari hamda mahalliy Kengashlar deputatlarining 25 foizidan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etadi.
Fraksiya a’zolarining fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi ayollarning jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishdagi rolini kuchaytirishga, shuningdek ularning siyosiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.
Qizg‘in muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi fraksiya a’zolari tomonidan ma’qullandi.
Yangiliklar lentasi
0