Prezident kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provodit soveshanie po voprosam realizatsii proyektov, realizuyemix v sfere gidroenergetiki, i podgotovki energosistemi k osenne-zimnemu sezonu .
Shavkat Mirziyoyev provodit soveshanie po voprosam realizatsii proyektov, realizuyemix v sfere gidroenergetiki, i podgotovki energosistemi k osenne-zimnemu sezonu . - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2023
Obuna bo‘lish
Hudud va tarmoq rahbarlari hisobotiga ko‘ra, qozonxonalarni ta’mirlash ishlari 98%ga bajarilgan.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev energetika masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda issiqlik tarmoqlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, respublika bo‘yicha qozonxonalarni kapital va joriy ta’mirlash, issiqlik tarmoqlarini ta’mirlash bo‘yicha reja 98 foizga bajarilgan, lekin ayrim hududlarda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan.

Ikki hafta muddatda barcha kuch va vositalarni safarbar qilib, qozonxonalar va isitish tarmoqlarini ta’mirlash ishlarini yakunlashga topshiriq berildi.
Ijtimoiy soha muassasalarida ham eski va energiya sarfi yuqori bo‘lgan qozonlarni yangilashni jadallashtirish zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumi uchun aholi va ijtimoiy muassasalarga ko‘mir yetkazib berish masalasi muhokama qilindi va 10-noyabrga qadar ijtimoiy soha obyektlariga qo‘shimcha 60 ming tonna ko‘mir yetkazib berish topshirildi.
Udan tashqari, Shavkat Mirziyoyev elektr energetika tizimining kuz-qish mavsumiga tayyorlik masalasiga ham e’tibor qaratdi. Xususan, transformator va elektr liniyalari eskirgani tufayli yo‘qotishlar miqdori oshgani qayd etildi.
"Umuman, hududlardagi 33 mingta transformator, 122 ming kilometr elektr tarmoqlari eskirgan, oqibatda ishlab chiqarilgan elektrning 12 foizi yo‘qotilgan. 20 ta tumanda elektr yo‘qotishlari hajmi respublika ko‘rsatkichidan 1,5 barobar yuqori", -
Shu munosabat bilan Energetika vazirligiga hududlarda eskirgan transformator va tarmoqlarni yangilash bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish, viloyat hokimlari va prokurorlariga dasturni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
2026 yilga borib jami yo‘qotishlar hajmini 8 foizga tushirish shartligi ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi besh yilda O‘zbekistonda tarmoq va transformatorlarni modernizatsiya qilishga 4 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan.
Yangiliklar lentasi
0