https://oz.sputniknews.uz/20231031/ozbekiston-gidroenergetika-salohiyatining-barcha-imkoniyatlaridan-foydalanadi-40537550.html
O‘zbekiston gidroenergetika salohiyatining barcha imkoniyatlaridan foydalanadi
O‘zbekiston gidroenergetika salohiyatining barcha imkoniyatlaridan foydalanadi
Sputnik O‘zbekiston
Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston gidroenergetika salohiyati 8 ming megavattni tashkil qiladi. 31.10.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-10-31T19:15+0500
2023-10-31T19:15+0500
2023-10-31T19:31+0500
iqtisod
ges
ges qurilishi
energetika
“o‘zbekgidroenergo” aj
prezident
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1f/40533496_245:298:1152:808_1920x0_80_0_0_66428ac7b1a871815252fae52ca6be79.jpg
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekiston o‘z hududida mavjud bo‘lgan gidroeneregtika salohiyatining barcha imkoniyatlarini ishga soladi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda qayd etildi.Undan tashqari, majlisda respublikada mavjud GESlar quvvatini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilayotgani alohida ta’kidlab o‘tildi. Masalan, 2023-yilda “To‘palang” GESi modernizatsiya qilib, quvvati 30 megavattdan 175 megavattga oshdi, “Darg‘om” kanalida 7,2 megavattli “Shaudar” GESi foydalanishga topshirildi.Ushbu munosabat bilan, "O‘zbekgidroenergo"ga 6 ming megavatt quvvatlarni ishga tushirish bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqish va xususiy sheriklik asosida yirik xorijiy energetika kompaniyalarini jalb qilish topshirildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1f/40533496_253:221:1064:830_1920x0_80_0_0_f55bc51314a3da9d0e5215d07c4eff5b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, ges, ges qurilishi, energetika, “o‘zbekgidroenergo” aj , prezident, shavkat mirziyoyev
iqtisod, ges, ges qurilishi, energetika, “o‘zbekgidroenergo” aj , prezident, shavkat mirziyoyev
O‘zbekiston gidroenergetika salohiyatining barcha imkoniyatlaridan foydalanadi
19:15 31.10.2023 (yangilandi: 19:31 31.10.2023) Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston gidroenergetika salohiyati 8 ming megavattni tashkil qiladi.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekiston o‘z hududida mavjud bo‘lgan gidroeneregtika salohiyatining barcha imkoniyatlarini ishga soladi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda qayd etildi.
Xususan, 2023 va 2024-yillarda Respublikada 58ta kichik va mikro GESlar qurish rejalashtirilgan. Ular Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo, Namangan, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida paydo bo‘ladi.
Shuningdek, Toldiqsoy, Mullalak, Qorong‘i-to‘g‘ay, Yuqori Pskom va Norin yirik GESlarini qurish loyihalari bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqiladi va xorijiy investorlar jalb qilinadi.
Undan tashqari, majlisda respublikada mavjud GESlar quvvatini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilayotgani alohida ta’kidlab o‘tildi. Masalan, 2023-yilda “To‘palang” GESi modernizatsiya qilib, quvvati 30 megavattdan 175 megavattga oshdi, “Darg‘om” kanalida 7,2 megavattli “Shaudar” GESi foydalanishga topshirildi.
“Lekin shunga qaramasdan bugungi kunda O‘zbekiston gidroenergetika quvvatlari mavjud salohiyatga nisbatan 2-3 barobar kam. Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda gidroenergetika salohiyati 8 ming megavattni tashkil qiladi. Toshkent, Surxondaryo va vodiy viloyatlarida bu borada katta salohiyat bor”, - deb qayd etildi majlisda.
Ushbu munosabat bilan, "O‘zbekgidroenergo"ga 6 ming megavatt quvvatlarni ishga tushirish bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqish va xususiy sheriklik asosida yirik xorijiy energetika kompaniyalarini jalb qilish topshirildi.